Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Chinbarg chiqarish. Chigit
yer betiga unib chiqqach, ma’lum vaqtdan keyin g‘o‘zada birinchi chinbarg chiqadi. Birinchi normal ekish muddatida sutkalik o‘rtacha harorat 15–16°C bo‘lsa, chigit unib chiqqandan keyin o‘rtacha 8–9 kunda birinchi chinbarg chiqishi kuzatiladi. 25°C issiqlikda 4 kundan keyin birinchi chinbarg chiqishi aniqlangan. Havo harorati yuqori va tuproq nami yetarli bo‘lsa, chinbarglar tez hosil bo‘ladi. Odatda, birinchi chinbarg unib chiqqanda 8–12 kundan keyin ikkinchisi paydo bo‘ladi, navbatdagilari esa oldingilardan 3–5 kun oralatib chiqa boshlaydi. Shonalash. G‘o‘zada 7–8 chinbarg chiqqanida, 5–6-chinbarg yonidan hosil shonasi ko‘rinadi. Tajribalarda kuzatilishicha sutkalik o‘rtacha harorat 20°C bo‘lganda birinchi chinbarg chiqishidan shonalashgacha o‘tgan davr 30–36 kun, 25–56°C bo‘lganda 22–24 kunga to‘g‘ri keladi. Hosil shoxida paydo bo‘lgan shonalar kichik, 3–5 mm kattalikda, piramidasimon shaklda bo‘lib, atrofini 3 ta shonabarg o‘rab turadi. Hosil shoxdagi shona bo‘g‘im uchidagi kurtaklardan paydo bo‘ladi. 197 O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishida bitta hosil shoxida bir necha shona paydo bo‘lishi mumkin. Gullash. Me’yorida o‘sish sharoitida g‘o‘zada 9–11 ta hosil shox paydo bo‘ladi va birinchi hosil shoxning birinchi bo‘g‘imidagi birinchi shona ochiladi va gullash fazasi boshlanadi. Gullash fazasi boshlanishi uchun sutkalik o‘rtacha harorat 19–20°C atrofida bo‘lishi lozim. G‘o‘za tupida shonalar paydo bo‘lganidan keyin, gullar pastgi shoxlardan boshlab ochila boshlaydi. Har bir shoxda esa poya tomonidan shoxning uchiga qarab asta-sekin nav bati bilan ochiladi. Poyaning uchiga qarab, gullar ochilishi o‘rtacha 2–3 kun, bir shoxning o‘zidagi bir gul bilan ikkinchi gulning ochilishi o‘rtasida 5–7 kun o‘tadi. O‘zbekiston sharoitida g‘o‘za iyun oyida gullay boshlaydi va o‘sish davri oxirigacha da vom etadi. O‘rta tolali navlar guli ertalab och sariq va och qizil, kunning ikkinchi yarimida esa qizil va binafsharangga kiradi. Ingichka tolali g‘o‘za navlari ertalab sariq, kechqurun qoramtir-sariq rangda bo‘ladi. 1. G‘o‘zaning rivojlanish fazalarini sanab bering. 2. Chigit qanday haroratda unib chiqadi? Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling