Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1.
 
Sabzavot ekinlarga qaysi ekinlar kiradi?
2. Donli ekinlar nima uchun ekiladi?
3. Dukkakli o‘simliklarga qaysilar kiradi?
4. Siz istiqomat qiladigan mintaqada yetishtiriladigan asosiy ekin tur-
larini sanab bering.
Issiqxonalarda hosil yetishtirish
Xalqimizning yil bo‘yi yangi yetishtirilgan mahsulotlarga 
ehtiyojini qondirish maqsadida qishda issiqxonalarda ham 
o‘simliklar o‘stirilib, parvarish qilinadi. Issiqxonalarda sabza-
votlar ikki usulda: bevosita issiqxona ichida va usti polietilen 
plyonka bilan yopilgan joylarda yetishtiriladi.
Keyingi yillarda respublikamiz issiqxonalarida limon, bod-
ring, pomidor, karam va turli xil ko‘katlar yetishtirilmoqda. 
Bu aholini yangi qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan barvaqt 
ta’minlashga yordam bera 
di. 


192
Plyonka ostida sabzavot yetishti-
rish. Plyonka ostiga ekin ekila digan 
yerlar janub tomonga qiyaroq bo‘lsa, 
bahorda tez qiziydi va urug‘ yoki 
ko‘chatlarni barvaqt, qisqa muddat 
ichida ekib olish imkonini bera-
di (3-rasm). Buning uchun yerlar 
kuzda haydalib, borona bosiladi va 
ekin turiga qarab egat olinadi. Yer-
dan qor ketishi bilan (fevral–mart 
oylarida) egatlar usti polietilen 
plyonka bilan yopiladi, bu tuproq 
ning qizishiga yordam be-
radi. Buning uchun diametri 4–6 mm, uzunligi 90–100 sm 
keladigan simlar yarim oysimon shakl 
da egiladi va ekiladi-
gan egatlar o‘rtada qoldirilib, simning ikki uchi yerga qa-
daladi. Egilgan simlar oralig‘i 100 sm dan bo‘lib, ularni bir-
biriga kanop iplar yordamida birlashtiriladi, egatlarning bosh 
va etak tomoniga qoqilgan qoziqlarga ikki uchi tarang tortib 
bog‘lanadi. Plyonka yopilgan egatlar tuprog‘i 8–10 kunda 
qiziydi va ularga dalaga nisbatan 1–2 oy ilgari urug‘ sochish 
yoki ko‘chat o‘tqazish mumkin bo‘ladi.
Issiqxonalar – maxsus oynavand yoki plyonka bilan yo-
pilgan qurilmalar bo‘lib, ularda isitish manbalaridan foy-
dalangan holda ekin 
lar yetishtiriladi (4-rasm). U yerning 
tuprog‘i himoyalangan bo‘lib, unda 
yilning har qanday davrida ham 
o‘simliklarni o‘stirish mumkin. 
Qishki, bahorgi, yozgi issiqxonalar 
ham bo‘ladi. Unda o‘simliklarni ye-
tishtirish uchun qulay sharoit yara- 
tish imkoniyati mavjud. Havo va 
tuproq harorati boshqarib turiladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling