188
Ish quyidagi tartibda olib boriladi (63-rasm):
1. So‘kilgan joyidagi iplari olib tashlanib daz-
mollanadi (63-rasm,
a).
2. Gazlamaning so‘kilgan joyiga to‘g‘nag‘ich
qadaladi va qo‘lda ko‘klanadi (63-rasm,
b).
3. Gazlamaning so‘kilgan joyini qo‘lda
qaytma
chok bilan mashina chokining qatorida tikib chiqi-
ladi (63-rasm,
d).
4. Ko‘klov choklari olib tashlanadi va chok
dazmollanadi.
5. Bajarilgan ishning
sifati tekshirib chiqila-
di, ya’ni tikilgan qo‘l qavig‘i maydaligi, mashina
chokining qatoriga to‘g‘ri kelishi,
tekis tikilganligi
tekshiriladi.
Amaliy ish: Yamoq solish.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, g‘altak ip,
igna. Ish quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Gazlamani yirtilgan joyidan o‘ngini ichka-
riga qilib, qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab ikkiga
buklanadi. Yirtilgan joyga to‘g‘nag‘ich qadaladi va
qo‘lda ko‘klanadi (64-rasm,
a).
2. Yirtilgan qirqimni mayda yo‘rma qaviqda qo‘lda
tikib chiqiladi
(64-rasm,
b).
3. Ko‘klov choklari olib tashlanadi va chok dazmollanadi.
4. Bajarilgan ishning sifati tekshirib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: