Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi qanday detallardan iborat? 2
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
1. Qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi qanday detallardan iborat?
2. Ko‘ylakni tikish qaysi detaldan boshlanadi? 3. Nima uchun har bir chokni dazmollash kerak? 4. Ko‘ylakning yon va yelka chokini tikish usulini aytib bering. 5. Lozimni tikish bosqichlari haqida ma’lumot bering. Qo‘g‘irchoq kiyimiga oxirgi ishlov berish Qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi tayyor bo‘lgach, unga oxirgi ishlov beriladi. Ko‘ylak turli iplardan tozalanadi. Orqa bo‘lak o‘rta chizig‘idagi taqilmasiga ishlov beriladi, ya’ni ip va ignadan foydalanib havoyi 2 ta halqa kertim bo‘yicha orqa bo‘lakning bir tomoniga tikiladi va halqa larga mo‘ljallab kichik tugmalarni orqa bo‘lakning ikkinchi tomoniga chatib qo‘yiladi. Ko‘ylak qo‘g‘irchoqning tana qismiga kiydiriladi. Lozimning bel qismiga tasma kiritiladi, pocha qismiga jiyak o‘rniga gulli tasma tikiladi. Iplar qirqib tashlanadi va lozim qo‘g‘ir choqqa kiydiriladi. 184 Qo‘g‘irchoqning sochlarini o‘rib qo‘yib, unga to‘rtburchak yoki dumaloq shakldagi do‘ppini kiydirish yoki ro‘mol o‘ratib qo‘yish ham mumkin. 1. Qo‘g‘irchoqning ko‘ylagiga oxirgi ishlov berish qaysi tartibda ba- jariladi? 2. Lozimga oxirgi ishlov berish bosqichini aytib bering. 3. Qo‘g‘irchoqqa do‘ppini qanday tayyorlash mumkin? To‘qish haqida ma’lumot. Chok turlarini to‘qish To‘qish uchun tabiiy tolali: jun, paxta, ipak va sun’iy to- lali iplardan foydalaniladi. Paxta ip, xom iplardan to‘qilgan mahsulotlar tez sitiluvchan, qayishqoqligi past bo‘ladi. Shu- ning uchun, bunday iplarni sintetik iplar qo‘shib to‘qish yax- shi natija beradi. Qo‘lda to‘qish jarayonini spitsa bilan bir qatorda ilmoq yordamida ham bajarish mumkin. Ilmoqdan foydalanish ba- jarayotgan ishning chiroyli va betakror chiqishi uchun imko- niyatlarni yanada kengaytiradi, ijodkorlikka, mukammallikka chorlaydi. To‘qishni boshlash oddiy halqa qilishdan boshlanadi (60- rasm, a). Ilmoqni ushlab turib, uning uchi chalishma orasi- ga kiritiladi va kalavadan kelayotgan ipni shu chalishtirma oralig‘idan tortib chiqiladi. Shu tariqa havoyi halqa hosil qi- linadi (60-rasm, b). 60-rasm. Chala ustunchani to‘qish tartibi. a b d e f 185 Ketma-ket yuqoridagi tartibda olingan havoyi halqalar zan- jir deb ataladi va to‘qima polotnoning asosini, boshlang‘ich qatorini tashkil etadi (60-rasm, d va e). Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling