Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Asbob va moslamalar: stol, stul, zanjirsimon popop chok 
namunalari, 110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘la-
gi, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mu-
lina iplar, gardish. 
1.110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagining 
qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi.
2. Belbog‘ning to‘rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya 
chiziladi. Belbog‘da gulning naqshi, asosan, 4 ta chetki qis-
mining hoshiyasida joy- 
lashgan bo‘ladi. (Hoshiyaning 
kengligi tikiladigan chok-
ning kengligiga mos bo‘lishi 
kerak (55-rasm).
3. Avval naqsh guli qiyiq-
chaga tushirib olinadi, bel-
bog‘ bo‘lib-bo‘lib gardish-
55-rasm. Qiyiqcha uchun naqsh 
nusxalari.
12 – Mehnat ta’limi, 5-sinf


178
ga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi 
rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat 
qilib ishlatish tavsiya qilinadi. 
4. Belbog‘ga hoshiyadan tashqari uning 4 ta uch tomoni-
ga (hoshiyadan ichkarida bo‘ladi) naqsh gulini tushirib tikish 
ham mumkin.
5. Nusxa tikib bo‘lingach, belbog‘ning avval teskari, so‘ngra 
o‘ng tomonidan dazmollanadi.
1.
Qiyiqcha-belbog‘ning vazifasi nimalardan iborat?
2. Qiyiqchani tikish uchun qanday asbob va moslamalar kerak 
bo‘ladi?
3. Qiyiqchaga qanday gazlama ishlatilgani ma’qul?
4. Qiyiqchani tikishda qanday kashta choki turidan foydalaniladi?
5. Qiyiqchaga tikiladigan naqsh guli gazlamaga qanday tushiriladi?
6. Qiyiqchani tikish bosqichlarini aytib bering. 
Milliy o‘yinchoq (qo‘g‘irchoq) tikish texnologiyasi
Turli xil gazlamalardan hamda gazlama qoldiqlaridan yum-
shoq o‘yinchoqlarni tikish mumkin. Bunday o‘yinchoqlarni 
bezashda turli jun, charm, porolon, tasmalardan foydalaniladi. 
O‘yinchoqning ko‘zlari uchun tugmachalar va taqinchoqlar, 
og‘zi uchun esa charm yoki kleyonka ishlatiladi.
Ko‘p qizlar qo‘g‘irchoq o‘ynashni va qo‘liga igna ushlash-
ni boshlashi bilan qo‘ 
g‘i 
rchoqlariga ko‘ylak tikishni yaxshi 
ko‘ra 
dilar. Umumta’lim maktablarida meh 
nat ta’limi darsla-
rida qizlarga gazlama qoldiqlaridan qo‘g‘irchoqlarga ko‘ylak 
tikishni o‘rgatish bilan birga qo‘g‘irchoqni tayyorlash ham 
o‘rgatiladi. Quyida taklif qilinayotgan milliy uslubda yasalgan 
qo‘g‘irchoq bo‘lib, uni tikishda oddiy usullardan foydalanil-
gan (56-rasm).


179
Mazkur qo‘g‘irchoqning avval tana qismi 
tayyorlab olinadi. Tana qismi uchun zich 
to‘qilgan ochiq rangdagi sidirg‘a gazlama-
dan foydalaniladi. Uning ichini sintefon 
yoki paxta bilan to‘ldiriladi. So‘ngra soch-
lari qora jun ipdan tayyorlanib yopishtiri-
ladi yoki tikib qo‘yiladi. Qo‘g‘irchoqning 
yuz qismi kashta bilan bezatilishi mumkin. 
Tayyor bo‘lgan qo‘g‘irchoq uchun ko‘ylakni 
atlas yoki adras gazlama bo‘laklaridan 
foydalanib tikish mumkin. Buning uchun 
tayyor qo‘g‘irchoqning o‘lchamlari oli-
nib, ko‘ylakning chizmasi chiziladi. Bunda 
ko‘ylakning orqa bo‘lagida bel qismigacha 
taqilma bo‘lishi kerak. Shunda ko‘ylakni 
qo‘g‘irchoqqa kiydirish oson bo‘ladi. Ko‘ylakning bo‘yin 
o‘miziga va yengning etak qismiga burmalar bilan ishlov be-
riladi.
Qo‘g‘irchoq uchun lozim ham tikilib, uning pochasiga ji-
yak o‘rniga tasma bilan yoki kashta tikib ishlov beriladi.
Qo‘g‘irchoqning kavushi esa qora rangdagi istalgan gazla-
madan tayyorlanadi. Bunda berilgan o‘lchamda kavush tikilib, 
sintefon bilan to‘ldiriladi va qo‘g‘irchoqning oyoq uchlariga 
tikib qo‘yiladi. 

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling