175
Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga
tomon gazlama
ziyiga perpendikular
joy
lashtirib tikiladi. Bu choklar gardish-
siz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi
bir xil bo‘lishi kerak.
Popop chok (53-rasm).
Chok bir-bi-
rining ichidan chiqib keladigan uzluk-
siz qator petlyalardan iborat bo‘ladi. Bu
chokni gardishda va gardishsiz tikish
mumkin. Ikkala holda ham ignani o‘zi
tomon yuritib qaviq tushiriladi.
Kashtani gardishsiz tikayot-
ganda gazlama tortilib qolmasligini, chok petlyalari yumaloq
shaklda bo‘lishini kuzatib borish kerak.
Popop chokni siniq
chiziq tarzida tikish ham mumkin. Bunday chokning teska-
ri tomonidan qaviqlari va o‘ng tomonidagi petlyalari chok-
ning o‘rta chizig‘idan
navbatma-navbat bir chapga, bir o‘ngga
joylashgan bo‘ladi.
Kashtachilikda qo‘llaniladigan chok turlarini tikish
Asbob va moslamalar: stol, stul, tikilgan namunalar,
sidirg‘a gazlama bo‘lagi, igna, angishvona, qaychi,
santimetr
lenta, texnologik xarita, turli xildagi iplar to‘plami:
1. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, sanitariya-gi-
giyena qoidalari takrorlanadi.
2. Kashta chok turlari ko‘rsatilgan
texnologik xarita tarqa-
tiladi.
3. 20 x 20 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagi qirqib
olinadi.
4. Gazlama bo‘lagining chetki qir
qimlarining ipi 0,5–1,0
sm gacha sug‘urib olinadi.
5. Gazlama bo‘lagida kashta
nusxalarini tikish uchun
kerak
li chiziq va belgilar chizib olinadi (bunda tarqatilgan
53-rasm. Pоpоp chоk.
176
chok namunalari tikilgan ko‘rgazma qurollarga e’tibor qarati-
ladi).
6. Qaytma chok,
suv chok, iroqisimon chok, petlya chok,
popop choklarni birma-bir texnologik
xaritadan foydalanib
tikiladi.
7. Choklarni tikishda turli rangdagi iplardan foydalaniladi.
8. Chok namunalarini tikib bo‘lingach, gazlama bo‘lagini
avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi.
9. Bajarilgan kashta namunasi albomga yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: