Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Dazmol bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidasini ayting. 2
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob va moslamalar
1. Dazmol bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidasini ayting.
2. Fartukning ko‘krakpech qismiga buklov choki bilan ishlov berish qanday bajariladi? 3. Fartukning ko‘krakpech yuqori qismiga burma qanday tikiladi? Qoplama cho‘ntakni tikish Yaxlit bichiqli fartukning qoplama cho‘ntagi bitta bo‘lsa, u holda cho‘ntak o‘rta markaziy chiziq bo‘yicha tikiladi. Agar cho‘ntak ikkita bo‘lsa, 44-rasmda belgilangandek tikib chiqi- ladi. Asbob va moslamalar: ish qutichasi, cho‘ntakning bichig‘i, to‘r, burma, qaychi. Ishni bajarish tartibi: 1. Cho‘ntakning ovalsimon qismi far tuk etagiga ishlov be- rilganidek bajariladi (45-rasm). 2. Cho‘ntakning yuqori qismi avval 0,5 sm ga bukib olinadi, so‘ngra 2 sm ga yana bukib, qo‘lda ko‘klab chiqiladi. 3. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm ora- liqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib olinadi, chokla- riga namlik-issiqlik ishlovi beriladi (47- rasm). 4. Cho‘ntakning to‘g‘ri qismi teskari tomoniga 1 sm bukib, ko‘klab olinadi. 47-rasm . Qоplаmа cho‘ntаkni tikish. 171 5. Tayyor bo‘lgan cho‘ntaklar fartuk ning belgilangan cho‘n- tak o‘rinlariga qo‘ yi lib, to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. So‘ngra cho‘ntakni 3 ta tomonidan fartukka ko‘klab chiqiladi (47-rasm). 6. Ko‘klov choklari yonidan mashinada bostirib tikib qo‘yi- ladi, cho‘ntakni tikish boshida va oxirida chok mahkamlana- di, ko‘klov iplari olib tashlanadi va cho‘ntaklar dazmollanadi. 1. Qoplama cho‘ntakni tayyorlab olishni tushuntirib bering. 2. Qoplama cho‘ntak fartukka qanday birlashtiriladi? 3. Qoplama cho‘ntak fartukka qanday joylashtiriladi? Fartukka oxirgi ishlov berish va dazmollash Ko‘krakpech qismi yaxlit bo‘lgan fartukning belbog‘i va bo‘yin bog‘i qiya tasmadan tayyorlanadi. Qiya tasmani asosiy gazlamadan bichib tayyorlab olish yoki tayyor tasmalardan foydalanish mumkin. 220–230 sm tasma kerak bo‘ladi. Bu tasma ikkiga bo‘lib olinadi. Tasma fartukka quyidagi tartibda ulanadi: 1. Bo‘lib olingan tasmaning bir bo‘lagidan bo‘yinbog‘ uchun 30 sm qoldirib, ko‘krakpech qismining yon tomoniga mag‘izning bir tomoni 0,5 sm chok haqi ko‘klab olinadi va qolgan qismi belbog‘ uchun qoladi (48-rasm, a). 2. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm ora liqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib olinadi. 3. Tasmani bo‘yinbog‘ va bel- bog‘ qismi mag‘iz ko‘rinishida, ko‘k rakpech qismining yon tomo- 48-rasm. Fartukning bo‘yinbog‘, belbog‘i va yon qismiga ishlov berish. a b 172 niga, mag‘izning ikkinchi tomoniga ham mag‘iz ko‘rinishida ko‘klab olinadi. 4. Butun uzunligi bo‘yicha mag‘iz ko‘klangan chok bo‘ylab mashinada bostirib tikiladi, ko‘klov ipla ri olib tashlanadi (48- rasm, b). 5. Tayyor fartuk yaxshilab dazmollanadi va taxlanadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling