169
Yaxlit bichiqli fartukning bo‘yin o‘miziga ishlov berish
Ko‘krakpech qismi yaxlit bo‘lgan fartukning ko‘krakpech
qismining yuqori tomoniga xuddi etak qismi singari bukib,
qiya tasma, to‘r yoki burma bilan ishlov berish mumkin.
Yaxlit bichiqli fartukni ko‘krakpech qismining yuqori to-
moniga quyidagi tartibda ishlov beriladi.
Asbob va moslamalar: ish qutichasi,
fartukning bichilgan
detallari, to‘r, qaychi.
1. Fartuk ko‘krakpechining yuqorigi qismi avval 0,5 sm ga
bukib olinadi, so‘ngra 2 sm ga yana bukib, qo‘lda ko‘klab
chiqiladi.
2. Ko‘klov choklaridan 0,1
sm oraliqda mashinada baxya-
qator yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib olinadi, choklariga
namlik-issiqlik ishlovi beriladi (46-rasm,
a).
3. Fartuk ko‘krakpe
chining yuqorigi qismiga burma bilan
ishlov berilganda qirqimining uzunligidan
bir yarim baravar
ko‘proq bezak detal, ya’ni to‘r yoki qiya burma olinadi.
4. Agar bezak detal burmadan iborat bo‘lsa, uning bir to-
moniga mashinada yo‘rma qaviq bilan ishlov beriladi (46-
rasm,
a).
5. Bezak detallarning ikkinchi tomoniga mashinada 4 mm
baxya yirikligida mashina choki yuritiladi (46-rasm,
a) va bu
bezak detal fartukning ko‘krakpech
yuqori qismi uzunligiga
teng bo‘lguncha tortib, bur-
ma yig‘iladi (46-rasm,
b).
6. Tayyor bo‘lgan bur-
ma yoki to‘rning o‘ng to-
monini fartuk ko‘krakpech
qismining yuqori o‘ng to-
moni qirqimiga qo‘yib, av-
val qo‘lda 1 sm
chok haqi
ko‘klab chiqiladi.
46-rasm. Fartukning ko‘krak qismiga
ishlov berish.
2,0
a
b
170
7. Ko‘klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxya-
qator yuritiladi va ko‘klov iplari sug‘urib olinadi, chok haqi
yo‘rmab qo‘yiladi.
8. Burma o‘ngiga ag‘darilib to‘g‘rilanadi va ustidan bezak
baxya
qator tikib chiqiladi. Choklariga namlik-issiqlik ishlovi
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: