174
yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqta ga igna sanchila-
di-da, qaviq yirikligida o‘ngiga chiqariladi.
Uchinchi va undan
keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o‘zidan oldingi qaviq
tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni (49-rasm,
b)
qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo‘ladi.
Suv chok (50-rasm). Bir-biriga zich joylashgan qator qiya
qaviqlar
dan iborat bo‘ladi. Bu chokni chapdan o‘ngga tomon
yoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Suv
chokni tikayotganda ip doimo bir tomonda –
chapda yoki
o‘ngda bo‘lishi kerak. Tikayotganda ip yo‘nalishini o‘zgartirib
bo‘lmaydi, chunki chokning tuzilishi buzilib qoladi.
Iroqisimon chok (51-rasm). Gazlamadan sug‘urib chiqaril-
gan ikkita ip izi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta guli-
ning chizig‘idan tikiladi.
Bunda kashta gulining goh u, goh
bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan
o‘ngga tomon joylashtirib boriladi.
Gazlamaga igna sanchil-
gan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak.
Yo‘lning o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chali-
shib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi
qaviq ustiga tushadi.
Yo‘rma chok (52-rasm). Ba’zan ziy
chok
ham deyiladi, chunki bu chok bilan
gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani
teskari tomoniga 3–4
sm bukib, gazla-
ma rangidagi ip bilan ko‘klab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: