Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Ilmoq yordamida qanday buyumlarni to‘qish mumkin? 2


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

1. Ilmoq yordamida qanday buyumlarni to‘qish mumkin?
2. Halqa qanday hosil qilinadi?
3. Chala ustuncha qanday to‘qiladi?
4. Xomaki halqasiz ustunchalar qanday to‘qiladi?
Ko‘zoynak uchun g‘ilof to‘qish
Ko‘z
oynak g‘ilofini to‘qish uchun jun, paxta, ipak va sun’- 
iy tolali ip va 2–3 raqamli ilmoqlardan foydalanish mumkin. 
Asbob va moslamalar: 50 g jun tolali ip va 3 raqamli 
ilmoq.
Ishni bajarish tartibi. 1. 16 ta havoyi halqadan iborat 
zanjir to‘qib olinadi.
2. Ikkinchi qatorda xomaki halqasiz ustunchalar to‘qiladi.
3. Qatorning oxiriga kelganda ishni tes-
kari tomonga o‘girmasdan birinchi to‘qilgan 
zanjir atrofida aylantirib xomaki halqasiz 
ustunchalar bilan to‘qiladi.
4. Shu tariqa ko‘zoynak g‘ilofi aylana tarz-
da 15–18 sm uzunlikda to‘qiladi (ko‘zoynak 
uzunligiga mo‘ljallanadi).
5. G‘ilofning kirish qismiga qop 
qog‘ini 
to‘qish uchun g‘ilofni aylana qismining yar-
mini konus shaklida to‘qib tugatiladi, ya’ni 
16 ta halqa har qatorda 2 tadan kamaytirib 
boriladi.
62-rаsm. 
Ko‘zоynаk g‘ilоfi.


187
6. Ishning so‘ngida g‘ilofning qop qog‘i yopiq turishi uchun 
10 ta zanjir to‘qilib petlya hosil qilinadi.
7. Ko‘zoynak g‘ilofining ikkinchi tomoniga ilmoqdan foy-
dalanib tugma to‘qilishi yoki be 
zak sifatida ip rangiga mos-
lab tugmacha tikib qo‘yilishi mumkin (62-rasm). 
8. Ko‘zoynak g‘ilofi qattiqroq bo‘lishi uchun tayyor g‘ilof 
ichiga g‘ilof kengligiga va ko‘zoynak uzunligiga moslab 
yumshoq karton qo‘yish mumkin.
1. Ko‘zoynak g‘ilofi uchun qanday asbob va moslamalar kerak?
2. Ko‘zoynak g‘ilofini to‘qish nimadan boshlanadi?
3. Ko‘zoynak g‘ilofini to‘qish bosqichlarini aytib bering.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling