191
o‘simliklariga kiradi. Bu o‘simliklar doni, poyasi va barglari
tarkibida oqsilning ko‘pligi (20–30 foiz) bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, ular yerni azot bilan boyitadi.
Moyli ekinlarga kunjut,
kungaboqar, yeryong‘oq kabilar ki-
radi. Bu ekinlar urug‘ining tarkibida 15–60 foizgacha yog‘
bo‘ladi. Yog‘idan alif, margarin,
sovun va boshqa mahsulotlar
olinadi. Ularning kunjarasidan chorva uchun qimmatli ozuqa
va ekinlar uchun tabiiy o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Tolali ekinlarni urug‘idan tola olinadigan (g‘o‘za), poyasi-
dan tola olinadigan (kanop, zig‘ir),
bargidan tola olinadigan
(zig‘ir) kabi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Madaniy o‘simliklar, asosan, lalmikor va sug‘oriladigan
yerlarda yetishtiriladi. Yetishtiriladigan ekinning xususiyatla-
riga qarab ekin maydoni tanlanadi. Lalmikor yerlarda, asosan,
bug‘doy, tarvuz, qovun, mosh va makkajo‘xori turlari ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: