Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
1.
Ekish mashinalari qanday turlarga bo‘linadi? 2. Ekish mashinasining asosiy qismlari va ularning vazifalarini aytib bering. Ekinlar qator oralariga ishlov berish va ularni parvarish qilishda qo‘llaniladigan qurollar va mashinalar O‘simliklarning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligining oshishida qator oralariga ishlov berish muhim ahamiyatga ega. O‘simlik qator oralariga kultivatorlar yordamida ishlov beriladi (13-rasm). Odatda, chopiqtalab o‘simliklar qator oralariga universal kultivator va kultivator-o‘g‘itlagich bi- lan ishlov beriladi. Bunda o‘simlik qator oralari qat- qaloqdan xoli qilinadi, tuprog‘i yumshatiladi, o‘simlik ildizlari havo bi- lan ta’minlanadi, tuproq nam holatda bo‘ladi va 13-rasm. Kultivator. 213 begona o‘tlar yo‘qoladi. Kultivatorda ramalar, ish organlari, tayanch g‘ildiraklar va o‘g‘it lagich mexanizmlari bo‘ladi. O‘simlik qator orasini ishlashda ekinlarga shikast yetkaz- maslik uchun kultivatorning ish organlari o‘simlik qatorlari- dan ma’lum masofada joylashtiriladi. O‘simlik qatorlari o‘rtasidan ish organlarigacha bo‘lgan masofa muhofaza zonasi deyiladi. Muhofaza zonasi kengligi o‘simlik turiga qarab tanlanadi. O‘simlik qator oralariga ishlov berishda kultivator ish or- ganlarining belgilangan chuqurlikda bo‘lishi va maydalangan tuproq tekis yotishi kerak. Kultivator bilan ishlaganda uning ish organlari tuproqning namli qatlamini yuqoriga olib chiq- masligi, begona o‘tlar to‘liq kesilishi, ekinlar shikastlanmas- ligi va tuproqqa ko‘milmasligi lozim. Qator oralari 60 sm qilib ekilgan ekin qator oralarini ish- lashda har bir asosiy qator oralig‘iga ikkitadan (o‘ng va chap) tig‘, strelkasimon panja o‘rnatiladi, tutash qator orasiga esa bittadan pichoq va o‘rtasiga strelkasimon panja o‘rnatiladi. O‘simlik qator oralarini ishlashda kultivator organlari bilan birga rotatsion ish organlari ham ishlatiladi. Bunda tashqi ro- tatsion diskning ignasimon tishlari o‘simlik qatorlaridan 3–5 sm masofada o‘rnatiladi. Bunday qilinganda tuproqning ustki qatlami yumshaydi va o‘simlik shikastlanmaydi. Kultivatordan ekinlarga mineral o‘g‘itlar berish va sug‘orish egatlarini ochishda ham foydalanish mumkin. O‘g‘itlarni ko‘muvchi ish organlarini joylashtirish o‘simlikning rivojla- nish darajasiga qarab belgilanadi. Dastlabki o‘g‘itlashda o‘g‘itlar o‘simlik qatoridan 15–28 sm, keyingi oziqlantirishda esa 20–22 sm qochirib beriladi. O‘simlikni sug‘orish uchun egatlar kultivator yordamida ochiladi. Buning uchun egatocharlar bir xil chuqurlikka mosla- nadi va qator oralarining qoq o‘rtasiga joylashtiriladi. Bunga amal qilinmasa traktorni boshqarish qiyinlashadi, o‘simlik il- 214 dizining shikastlanishi ortadi va qator oralarini ishlash sifati pasayadi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling