Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Dala ekinlarini sug‘orish
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
Dala ekinlarini sug‘orish
Ekin turi Sug‘orish- lar soni Muddati Kuzgi bug‘doy 1–2 O‘simta hosil bo‘layotgan vaqtda, don hosil bo‘la boshlagach Makkajo‘xori 3–6 Boshlang‘ich ildiz hosil bo‘layotganda, gullayotganda va meva tugayotganda Qandlavlagi 6–7 Unib chiqish vaqtida ildiz hosil bo‘layotganda, meva tugayotganda Kartoshka 2–5 Unib chiqish vaqtida, shoxlash va gullash davrida 1. Sug‘orish deganda nimani tushunasiz? 2. Sug‘orishning qanday turlarini bilasiz? Ekinlarni kasallik, begona o‘t va zararkunandalardan himoya qilish Dala ekinlariga hasharotlar: kapalak, qo‘ng‘iz, pashsha, shilliqqurt, kana, qandala va kemiruvchilar: sichqon, yumronqoziq katta zarar yetkazadi. Bu zararkunandalarga qarshi o‘simliklarni agrotexnik, kimyoviy, mexanik, biologik yo‘llar bilan himoya qilinadi. 216 Ularning hammasi o‘simliklarni yaxshi sharoitda o‘sib unishini ta’minlash bilan bir vaqtda kasallik chaqiruvchilar va zararkunandalarni kamaytirishga qaratilgan. Ekologik jihatdan maqsadga muvofig‘i agrotexnik va biologik himoya usullari sanaladi. Zararkunandalarga qarshi mexanik kurash – bu zararkunandalarni turli moslamalarda tutish. O‘simlik kasalliklari muhitning noqulay sharoitlari va ularga mikroorganizmlarni zarari natijasida paydo bo‘ladi. Muhitning noqu lay sharoitlari: oziq moddalarining ko‘pligi yoki kamligi, issiqlik, yorug‘lik, namlik va shu kabilar. Noqulay sharoit oqibatida o‘sim lik larda yuqmaydigan kasalliklar kelib chiqadi. Sharoit yaxshilani shi bilan ular o‘tib ketadi. Kimyoviy himoya vositasi sifatida sovunli suv, marganes eritmasi ishlatiladi. Karam burgasiga qarshi (masalan) kulning ohak bilan aralash masini sepish; burgalarni yelimli bayroqchalar bilan tutish kabi usullar bilan kurashiladi. Shiraga qarshi (may oxiri – iyun) sovun eritmasi sepiladi. Ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish muhim rol o‘ynaydi, aks holda juda ko‘p zararkunandalar mevali daraxtlardan mo‘l hosil olishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, olma kuyasi, do‘lana kapalagi, tillaqo‘ng‘iz, bo‘g‘im-bo‘g‘im qurt, kuya kapalagi va h.k. Rezavor mevalarda qandala, uzuntumshuq kabi zararkunandalar keng tarqalgan. Ular bilan kurashishda bog‘ga ularni qirish uchun qushlar chaqiriladi, ularga inlar quriladi. O‘z vaqtida va to‘g‘ri parvarishlash (qirqish, oziqlantirish, sug‘o rish, yumshatish) o‘simliklarning kasalliklarga chidam- liligini oshiradi. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling