Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Lavlagi, sabzi va boshqa sabzavotlar hosilini yig‘ib olish


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Lavlagi, sabzi va boshqa sabzavotlar hosilini yig‘ib olish. 
Yig‘ishtirib olinishi kerak bo‘lgan egatlardagi o‘simliklarni 
yaxshilab ko‘zdan kechirish zarur. Ariqlarda begona o‘tlar 
borligi aniqlanganda, ularni gerbariy uchun yig‘ib olish ke-
rak. Hosilni qazib olib, barglari kesib tashlanadi. 
1. O‘zingiz yashaydigan hududda hosilni yig‘ib olishda qaysi mashi-
na va mosla malardan foydalaniladi?
2. Yig‘ib olingan hosilni yaxshi saqlash uchun nimalar qilish kerak?


219
2-bob. CHORVACHILIK ASOSLARI
Chorvachilik tarmoqlari va ularni 
rivojlantirish istiqbollari
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos sohasi hi-
soblanadi. Chorva mollari mahsulotlari (go‘sht, yog‘, tuxum 
va sut)dan tayyorlangan taomlar juda ham mazali va sifatli 
bo‘ladi. Chorvachilik sanoat uchun ham qimmatli xomashyo: 
jun, teri, mo‘yna va boshqa mahsulotlar beradi. Chorva mol-
lari chiqindilari esa yerni o‘g‘itlashda qo‘llanadi.
Chorvachilik bir necha sohalarni qamrab oladi: qoramol-
chilik, qo‘ychilik, yilqichilik, parrandachilik. Chorvachilik-
ka baliq yetishtirish (baliqchilik), mo‘ynali hayvonlarni 
ko‘paytirish (mo‘ynachilik), ipakchilik ham kiradi.
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri 
hisoblanadi. Aholini qimmatli oziq-ovqat (go‘sht, sut, yog‘, 
tuxum) va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlashda uning aha-
miyati beqiyosdir. Odamlar, asosan, o‘simlik va hayvon mah-
sulotlari tarkibidagi uglevod, oqsil, yog‘ hisobiga energiya bi-
lan ta’minlangan holda hayot kechiradi. Chorva mollari mah-
sulotlari (go‘sht, yog‘, tuxum va sut)dan tayyorlangan taomlar 
juda ham mazali va sifatli bo‘ladi.
Yem-xashak tarkibida anorganik (suv va mineral moddalar) 
va organik moddalar (azotli moddalar, yog‘lar, uglevodlar va 
vitaminlar) bo‘ladi.
Ko‘kat oziq tarkibida 95 foizgacha, don va quruq poxol-
xashak tarkibida 6 foizdan 20 foizgacha suv bo‘ladi.
Ildizmevali ekinlar tarkibida esa kaliy va natriy tuzlari ko‘p, 
kalsiyli va fosforli tuzlar kam uchraydi.


220
Oziq tarkibida yuqorida aytib o‘tilgan mineral moddalardan 
tashqari ba’zi mikroelementlar (mis, kobalt, oltingugurt, xlor, 
yod, marganes, rux) ham bo‘lib, ular hayvonlarning normal 
rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling