Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Begona o‘tlarga qarshi kurashish


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Begona o‘tlarga qarshi kurashish. Begona o‘tlar ekinlarga 
katta zarar keltiradi. Ular yerdagi oziq moddalarni o‘zlashtirib, 


217
tuproq unumdorligi kamayishiga va ekinlarning normal o‘sish 
va rivojlanishiga xalal beradi.
Istalgan vaqtda quruq kukun dori changitish yoki suyuq 
zaharli dori purkash, ayni vaqtda ham quruq zaharli dori 
changitish, ham suv purkash imkonini beradigan universal 
mashinalar kom 
bina 
tsiyalan 
gan purkagich – changitkichlar 
deb ataladi. Bunday mashinalar bilan ma’lum ish bajarish 
uchun ularning ish organ 
lari almashtiriladi.
1. Don ekinlariga qaysi hasharotlar zarar yetkazadi?
2. O‘simlik kasalliklari qanday yuzaga keladi?
3. Ekinlarni zararkunandalardan himoya qilish usullari haqida nima-
larni bilasiz?
4. O‘zingiz yashaydigan hududda ekinlarni himoya qilishning qaysi 
usullari ko‘p qo‘llanadi?
Hosilni yig‘ib-terib olish va unda foydalaniladigan ish 
qurollari, moslamalar 
Yetishtirilgan hosilni yig‘ib olish, saqlash ishlari, ekin turi 
va unin g vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Kartoshkani yig‘ib olgan-
dan keyin, saqlashga olib qo‘yishdan oldin uni biroz quritish 
kerak. Sabzi bilan bu ishni bajarish kerak emas, chunki sabzi 
yuzasi orqali ko‘p namlik yo‘qotadi. Lavlagi, sholg‘om, turp, 
sabzi hosillari turli vaqtlarda yig‘ib olinadi. Bu holat sholg‘om 
va lavlagining bir qismi yer ustida bo‘lishi va kuzgi sovuqlar 
unga zarar yetkazishi mumkinligi, sabzi esa butunlay tuproq 
tagida bo‘lishi bilan izohlanadi. Shu sababli sholg‘om va lav-
lagini ancha ilgariroq, sabzini esa kechroq yig‘ib olinadi.
1–20-sentabr davomida o‘simliklar birmuncha o‘sishi kuza-
tiladi (taxminan 40 foiz). Shuning uchun havo harorati 4–6ºC 
pasayganda, hosilni qazib olishga kirishgan ma’qul. Bun-


218
day haroratda o‘simlikning o‘sishi to‘xtaydi. Hosilni ehtiyot 
bo‘lib qazib olish kerak. Chunki zararlangan o‘simlikni uzoq 
saqlab bo‘lmaydi. Zararkunandalar, kasalliklar bilan zararlan-
gan, sovuq urgan o‘simliklar ajratib olinadi va mollarga yem 
sifatida beriladi.
Hosilni yig‘ishtirib olishda don kombaynlari, kartoshka 
kovlash moslamalari, makkajo‘xorini o‘rish mashinalari va 
shu kabi texnikadan foydalaniladi. 
Hosilni saqlab qolish ko‘p jihatdan uni o‘z vaqtida va si-
fatli yig‘ishtirib olishga bog‘liq. Sabzavotlarni saqlash uchun 
maxsus omborlar, yerto‘lalar quriladi. Hozirgi zamonaviy 
usulda qurilgan omborlar keng, ularda mahsulotlarni saqlash 
va ko‘zdan kechirib borish uchun barcha sharoitlar mavjud. 
Ularda havo harorati va namligini boshqarib borish qurilma-
lari o‘rnatilgan.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling