Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik


Buzoqlarni maqsadga muvofiq boqish


Download 2.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/158
Sana20.10.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1712591
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158
Bog'liq
Texnologiya 5-sinf

Buzoqlarni maqsadga muvofiq boqish. Podani to‘ldirish 
uchun g‘unajinlarga, asosan, dag‘al va shirali oziqaga ozgina 
yem qo‘shib beriladi. Natijada, ular ko‘p miqdorda oziq 
yeyishga va hazm qilishga o‘rganadi, bu esa sersut sigirlar 
yetishtirish imkonini beradi. G‘unajinlarga bir kecha-kunduzda 
600–700 g semirishi uchun 2,5–4 kg pichan, 2 kg somon yoki 
poxol, 10–15 kg silos, 1,5–2 kg kuchli oziqlar berish lozim.
Bo‘rdoqiga boqish. Go‘sht yo‘nalishidagi buzoqlar 7–8 
oygacha onasini emib katta bo‘ladi. Bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarida 


230
sigirlar erta bahorda bolalagandan so‘ng yaylovlarda boqiladi. 
Yaylovning ko‘kat oziqlari va sigir suti bilan boqilgan 
buzoqlar tez o‘sadi. Buzoqlar sutdan ajratilgandan keyin ham 
yaxshi boqiladi va kelasi yil bahorda yaylovga olib chiqiladi. 
Bo‘rdoqiga boqilayotgan buzoqlarga sutkasiga 30–40 kg o‘t 
beriladi, suv va qo‘shimcha mineral oziq bilan ta’minlab 
turiladi. Yaylovlarda yaxshi boqilgan mollar sutkasiga 900–
1000 g semirishi mumkin.
Yaylovi bo‘lmagan hududlarda mollarni bo‘rdoqiga boqishda 
yem-xashak ekinlari yetishtirishdan olingan ko‘katlar, pichan 
va shirali oziqlardan keng foydalaniladi. Mollarni semirtirishda 
lavlagi, turp, barda kabilar berib boqiladi. Ba’zi xo‘jaliklarda 
mollar silos, senaj, ko‘kat oziqlar bilan ham boqib yaxshi 
semirtiriladi. Umuman, bo‘rdoqiga boqish uch davrga 
bo‘linadi. Boshlang‘ich va o‘rta davrlarda mollar arzon oziqa 
bilan boqiladi, oxirgi davrda esa ularga ko‘proq yem beriladi.
1.
 
Yangi tug‘ilgan buzoqlar qanday parvarish qilinadi?
2. Emadigan davrda buzoqlar qanday boqiladi?
3. Buzoqlarni bo‘rdoqiga boqish qanday amalga oshiriladi?


231

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling