Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik
Download 2.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologiya 5-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyon go‘shti.
Asalarichilik. Asalarichilik nihoyatda noyob, foydali, ser-
daromad va qiziqarli tarmoq hisoblanadi. Asalarichilikning asosiy mahsulotlari: asal, mum, propolis (asalari yelimi) va asalari suti bo‘lib, ularga hamma vaqt ehtiyoj katta bo‘lgan. Asal o‘zining to‘yimliligi, shifobaxshligi va noyobligi bilan qadrlanadi. Asalarilar yetishtirib beradigan mum va propolis tibbiyotda va veterinariyada keng qo‘llaniladi. Asalari zaha- ridan tibbiyotda asab kasalliklarini davolashda, bo‘g‘imlar yallig‘lanishining oldini olishda, uyqu va ishtahani yaxshi- lashda foydalaniladi. Asalarilarning hayoti va faoliyati, avvalo, tashqi muhit bilan bog‘liq holda kechadi. Ular oila uchun zaxira oziq to‘playdi, urchib ko‘payadi. 227 Quyonchilik. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida qu- yonlar, asosan, go‘shti va mo‘ynasi uchun boqiladi. Quyon mo‘ynasining rang-barangligi, mayinligi, qolaversa, arzonligi bilan boshqa hayvonlar mo‘ynasidan ajralib turadi. Quyon mo‘ynasidan bolalar uchun palto, telpak, poyabzal kabilar tayyorlanadi. Shunga ko‘ra, quyonchilik chorvachilikning ser- daromad va salmoqli tarmog‘i hisoblanadi. Quyon go‘shti. O‘zining sifati va parhezligi bilan boshqa tur hayvonlar go‘shtidan farq qiladi. Umuman, go‘sht yetish- tirish borasida quyonlar salmoqli o‘rin egallaydi. Bunga asos sifatida ularning tez ko‘payishi, tez yetiluvchanligi va turli xildagi yem-xashaklarni iste’mol qilish kabi xususiyatlarni ko‘rsatish mumkin. Yiliga bitta ona quyon hisobiga 70–80 kg go‘sht va 25–35 dona mo‘yna yetishtirish mumkinligi, quyon go‘shti tarkibida oqsil ko‘p, xolesterin kam bo‘lganligi tufayli ayniqsa bolalar, shuningdek, oshqozon va yurak-tomir kasalligiga chalingan kishilar uchun juda foydalidir. Quyon yog‘i qo‘y va mol yog‘iga nisbatan tez eriydi va to‘liq hazm bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalar bog‘chalari, sanatoriy va shifoxonalarda qu yon go‘shtidan xilma-xil taomlar tayyorlanadi. Kuzatishlarga qaraganda bir bosh ona quyondan yiliga 200–250 ta bola olish mumkin ekan. Quyonlar to‘rt oylik bo‘lganida o‘rtacha 1,5–2 kg go‘sht qilishi aniqlangan. Download 2.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling