Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab 9-10-sinflarda, 2023/2024 o‘quv yilidan 11-sinflarda tashkil etiladi


Download 76.24 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi76.24 Kb.
#1130603
1   2   3
Bog'liq
792 30.12.2021

joriy nazorat — o‘quvchilar tanlagan kasbga oid kursning har bir bo‘limi yakunida ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, guruhlarda ishlash, savol-javob, muhokama, amaliy ish ko‘rinishida amalga oshiriladi;
yakuniy nazorat — o‘quvchi tanlagan kasbga oid kursning barcha bo‘limi to‘liq yakunlangandan so‘ng kasb bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarni amaliy namoyish etishi orqali amalga oshiriladi.
Joriy va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
20. Yakuniy nazorat o‘tkazish muddatlari Kasb-hunarga tayyorlash markazi rahbari va umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
21. Kasb-hunarga tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga Kasb-hunarga tayyorlash markazlari tomonidan davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
22. O‘quv yuklamasi hajmidan kelib chiqib o‘quvchilar bir necha kasblarni egallashi mumkin.
23. Kasb-hunarga tayyorlash markazida o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalar o‘quv rejasi va o‘quv dasturiga muvofiq belgilanadi.
6-bob. O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish
24. Kasb-hunarga tayyorlash markazida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga hamda boshqa talablarga amal qilinishiga ushbu markaz rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
25. O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasasiga biriktirilgan tibbiyot xodimi va Kasb-hunarga tayyorlash markaziga biriktirilgan (agar mavjud bo‘lsa) tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Kasb-hunarga tayyorlash markazi faoliyatini moliyalashtirish Markazning belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganayotgan o‘quvchilarning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9 — 11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashni tashkil etish
SXEMASI


Download 76.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling