Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida


Download 18.24 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1655021
Bog'liq
29-maktab Moddiy yordam bayonnomasi


Vobkent tuman MMTB 29-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida”gi 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan ishchi guruhining navbatdan tashqari yig’ilish
BAYONNOMASI
2023-yil 6-iyun 2-sonli
Maxsus komissiya raisi: Sh.Saidova
Maxsus komissiya mas’ul kotibi: R.Umarov
A’zolari

N. Safarova – ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha deriktor o’rinbosari, ishchi guruh a’zosi


Z. Boboyeva – kasaba uyushma qo’mitasi raisi, ishchi guruh a’zosi
R. Barotova – texnalogiya fani o’qituvchisi, ishchi guruh a’zosi
J. Rahmatov- maktabning kuzatuv kengashi raisi, ishchi guruh a’zosi
K. Jabborov- maktabning ota-onalar qo’mitasidan vakil, ishchi guruh a’zosi
Kun tartibida
1.Maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Inoyatov Latifning otasi vafot etganligi uchun, uning oilasiga moddiy yordam berish to’g’risida
Eshitildi
Kun tartibiga quyilgan masala yuzasidan maxsus komissiya a’zosi maktab kasaba uyushma qo’mitasi raisi Z. Boboyeva so’zga chiqdi;
Hurmatli yig’ilish qatnashchilari Vazirlar Mahkamasining Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish to’g’risida”gi 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori asosida maktab deriktori jamg’armasi fondidan pedagog xodimlarni oilasida sharoiti qiyin bo’lgan hollarda va turli baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda maktab direktori fondi hisobidan moddiy yordam beriladi.Maktabning Inoyatov Latif Marupovichning otasi Inoyatov Maruf 2023-yil “01”-iyun kuni vafot etdi. Inoyatov Latif Marupovichning oilasida ko’ngilsiz voqea sodir bo’lganligi sababli direktor jamg’armasi fondidan ikki oylik maosh miqdorida moddiy yordam berishimiz lozim.
Muzokaraga maktab ota-onalar qo’mitasining vakili Jabborov Komil so’zga chiqib, yuqorida maxsus komissiya a’zosi maktab kasaba uyushma qo’mitasi raisi Z. Boboyevaning fikrlariga qo’shilishini aytib, haqiqatdan ham maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Inoyatov Latif oilasiga moddiy yordam berish lozimligini ta’kidlab o’tdi.
Yig’ilish qaror qildi

  1. Maxsus komissiya a’zosi maktab kasaba uyushma qo’mitasi raisi Z. Boboyevaning “Maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Inoyatov Latifning otasi Inoyatov Maruf 2023-yil “01”-iyun kuni vafot etganligi uchun moddiy yordam berish to’g’risida”gi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabning jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Inoyatov Latifning otasi Inoyatov Maruf 2023-yil “01”-iyun kuni vafot etganligi uchun maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchisi Inoyatov Latifga 2 (ikki) oylik maoshi miqdorida moddiy yordam berilsin.

  3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlashni o’z zimmamda qoldiraman.

Maxsus komissiya raisi: Sh.Saidova


Maxsus komissiya mas’ul kotibi: R. Umarov
A’zolari

  1. Nargiza Safarova

  2. Zebiniso Boboyeva

  3. Rizvon Barotova

  4. Jabbor Rahmatov

  5. Komil Jabborov

Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling