Umumiy o’rta ta’lim tizimida “O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li. Iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslari” mavzusini o’qitishda loyiha texnologiyasidan foydalanish”mavzusida yozgan Tekshirdi: katta o’qit


Download 174.73 Kb.
bet12/13
Sana26.01.2023
Hajmi174.73 Kb.
#1127263
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
USMONOV 1

"BBB" metodi
B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlab o’tish lozimki umumiy o’rta ta’lim tizimida “O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li. Iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslari” mavzusini o’qitishda loyiha texnologiyasini qo’llash xato kamchiliklari, bizdan oldin bosib o’tilgan yo’lni yutuqlarni o’zida jamlash, kamchiliklarini bartaraf etishda amalga oshiriladi. Har bir shaxs bunda ijodiy yondashib ta’lim tizimidan boshlab tadbiq etilishi nazarda tutiladi.
Xulosa qilib aytganda, Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun yangilik emas. Uzoq yillar davomida qadimdan ajdodlarimiz jahon hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab kelganlar. Tarixiy yozma manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo xalqlari bundan ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o`rnatganlar. Bu borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. Miloddan avval XI asrdan to milodning XVI asriga qadar Sharq va G`arb mamlakatlari o`rtasida savdo iqtisodiy va madaniyat sohalarida ko`prik rolini o`ynab kelgan «Buyuk ipak yo'li» orqali amalga oshirilgan. 12 ming chaqirimni tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan. «Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, Yunoniston va boshqa mamlakatlar bilan bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari va talablari asosida savdo-sotiq qilganlar.
O`rta Osiyo hududlari Rossiya tpmonidan bosib olingach, xususan Sho`rolar hukmronligi yillarida bu tarixiy an'ana barham topdi. Jahon mamlakatlarining, shu jumladan, o`lkamiz xalqlarining tarixiy tajribalari shundan dalolat beradiki, iqtisodiyot har doim faqat uning o`ziga xos bo`lgan qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Bu qonunlar inson irodasidan tashqarida harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini bajarmaydi. Shu bois, bozor iqtisodiyoti qonunlarini nazar-pisand qilmaslik yoki uni buzish og`ir iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buni sobiq SSSR deb atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi.
Iqtisodiy islohotlarning huquqiy asoslari o’rganilib chiqilarkan o’quvchilar ongida ko’nikmalar shakllantirish ularni alohida loyihalash tushuniladi. O’zbekiston bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishda taraqqiyottning “o’zbek modeli” va “harakatlar strategiyasi” bosqichlarini bosib o’tdi va bularni o’zi ham bir tarix sifatida kirib islohotlar oldindan loyihalashtirilib borildi.


Download 174.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling