Umumiy ovqatlanish korxonalarida
Download 268 Kb.
|
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARNING SANITARIYA XOLATLARIGA TALABLAR Reja
- Vestibul,omborxona, dezinfeksiya, fizik vosita, kimyoviy vosita, xlorli ohak, xloromin, vegetativ spora
Savol va topshiriqlar:
U.O.K qurilishiga qo’yiladigan asosiy sanitariya-gigiyena talablari nimalardan iborat Umumiy ovqatlanish obyektini suv bilan ta'minlash qanday tashkil qilinadi? Umumiy ovqatlanish korxonalari kanalizatsiya sistemasi tuzilishida qanday o'ziga xoslik bor? Umumiy ovqatlanish korxonalarida qanday xonalar guruhi bo'lishi shart? UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARNING SANITARIYA XOLATLARIGA TALABLAR Reja: Korxonaning sanitariya holati ahamiyati Dezinfeksiya vositalari Tayanch iboralar: Vestibul,omborxona, dezinfeksiya, fizik vosita, kimyoviy vosita, xlorli ohak, xloromin, vegetativ spora Korxonaning umumiy sanitariya holati, sanitariya reji-mini saqlash, odamlarni ishga olish va shuningdek xodim-larni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, tegishli tibbiy daftar bo'lishi, unda yozuvlar olib borilishi, xodimlarning pokiza va toza kiyimlarda ishlashi, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi, sifatli xomashyo kelishi va uni oliy sifatlarda pishirib iste'mol-chilarga yetkazib berilishi uchun umumiy ovqatlanish korxonasi rahbari mas'uldir. Xomashyo sifatida keladigan oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilib olish, omborxonalarda tegishli sanitariya qoidalariga muvofiq saqlash, uning shartlari va saqlash muddatiga rioya qilish mas'uliyati omborxona mudiri zim-masida bo'ladi. Ishlab chiqarishga mahsulotlar qabul qilish, taomlar tayyorlashga tayyorgarlik jarayoni, ovqat tayyorlashda texnolo-gik, sanitariya talablariga rioya qilish, shuningdek taomlarning sifati va iste'molchilar tomonidan qabul qilinishi, ovqatlaming qolib ketmasligi uchun ishlab chiqarish mudiri mas'uldir. Xomashyo, tayyorlanadigan mahsulot sifatining texno-logik, sanitariya-gigiyena t alablariga rioya qilish hududiy tarmoq oziq-ovqat labaratoriyasi va umumiy ovqatlanish bosh boshqarma organlari tomonidan nazorat qilinadi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilmaslik natijasida oziq-ovqatlardan turli kasalliklar, zaharlanishlar kelib chiqishi mumkin. Kasalliklar chaqiruvchi mikroorganizmlar taomlarga tushishi, ularning ko'payishi kasalliklar keltirib chiqaradi, bu eng avvalo, sanitariya-gigiyena talablariga ovqatlanish tarmog'i xodimlarining rioya qilmasligi natijasidir Umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya holatiga qarab tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati va mikroorganizmlar bilan ifloslanishi belgilanadi. Korxonaning maydoni har kuni yaxshilab supurib-sidirilishi, yozda 2 mahal suv sepilishi, qishda kuralib muzdan tozalanishi lozim. Korxona xududidagi axlatlarni har kuni olib ketilishini ta'minlash, axlat yig'iladigan joylarni esa quruq xlorli ohak bilan dezinfeksiyalash kerak bo'ladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlab chiqarish binolari har kuni ho'llangan latta bilan artib tozalananishi lozim. Pollarni ehtiyojga qarab xo'llangan supurgi yoki shotka bilan supurib, issiq suv bilan yuvib, so'ngra artib quritish kerak. Ish kuni oxirida polni yuvish vositalari bilan yuviladi. Panellar har kuni nam latta bilan artilishi, haftada bir marta issiq suv bilan yuvish vositalari yordamida yuvilishi lozim. Ifloslangan shiftlar nam latta bilan artiladi. Deraza romlari, tokchalar, eshiklar har kuni yuvish vositalari bilan yuvilib, bir oyda bir marta tozalab yuviladi. Ishlab chiqarish sexlariga ovqat qoldiqlari solinadigan idishlar qo'yib, qopqog'i zich yopiladigan bo'lishi kerak. Ovqat qoldiqlarim 4—7 soatdan ortiq saqlash mumkin emas. Zalni yig'ishtirishda quyidagi sanitariya qoidalariga amal qilish kerak: ish vaqti tugagach, yoki tushlik paytida ovqatlanish stollarini yig'ishtirish. Polni artishdan oldin deraza, radiator va mebellardagi changlar artilib, so'ngra pollar yuviladi; pollarni quruq artish esa (parket, sintetik gilamlar) aksincha bo'ladi. Manzarali o'simliklarni, yoritish chiroqlarini tozaligiga alohida e'tibor beriladi. Zalni har kuni yaxshilab shamollatish kerak. Omborxonalar ham ishlab chiqarish binolari kabi har kuni tozalanadi. Vestibul, zinapoyalar, hojatxonalar, maishiy xonalarni ham har kuni yig'ishtirish kerak. Unitazlar, umivalniklarni yuvuvchi vositalar bilan yuvib 5% li xlorli ohak yordamida dezinfeksiya qilinadi. Sanitariya qoidalariga ko'ra barcha binolar har oyda bir marta yaxshilab tozalanib, dezinfeksiya qilinishi kerak. Tayyor mahsulotlar ifloslanishini oldini olish maqsadida binolar poli pol yuvish mashinalarida yuvilib, changyutgichlarlar bilan tozalanadi. Dezinfeksiya va dezinfeksiyalash vositalari — dezinfeksiya tashqi muhitdagi yuqumli kasalliklarni yo'qotilishga mo'ljallangan tadbirlar kompleksidir. Umumiy ovqatlanish korxonalarida dezinfeksiyani profflaktika va oziq-ovqatlarni hamda tayyor taomlarni mikroblar bilan ifloslanishini oldini olish maqsadida o'tkaziladi. Buning uchun fizik va kimyoviy vositalardan foydalaniladi. Fizik usulda dezinfiksiyalash 75°C dan yuqori haroratda bajariladi, kimyoviy usulda esa kimyoviy vositalar, xlorli ohak va xloramindan foydalaniladi. Xlorli ohak eritmasidan bjnolar, jihozlar, inventar hamda idishlardagi mikroorganizmlarning vegetativ sporali shakllarini yo'q qilishda foydalaniladi. Odatda xlorli ohakning 10% li tindirilgan eritmasidan ishchi eritma tayyorlashda foydalaniladi (1-jadval). Xlorli ohak eritmasidan berilgan konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash va ularni qo'llanishi Download 268 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling