Umumiy ovqatlanish korxonalarida


Download 94.18 Kb.
bet12/24
Sana19.10.2023
Hajmi94.18 Kb.
#1709910
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena

Savol va topshiriqlar:



  1. Sanitariya ahamiyatiga ko'ra hasharot va kemiruvchilarga
    qarshi qanday kurash tadbirlari amalga oshiriladi?

  2. Dezinfeksiya vositalarini farqlab bering.

  3. Umumiy ovqatlanish korxonalariga sanitariya-epidimiologik nuqtai nazardan katta e’tibor berishning sababi nimada?

7- mavzu. OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINI TASHISHGA VA SAQLASHGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Reja:
1.Maxsulotlarni tashish vositalari.
2.Maxsulot tashish vositalariga qo’yiladigan talablar.
3.Maxsulotlarni qabul qilish qoidalari.
Tayanch iboralar:
Avtotransport, yukxona, ochiq kuzovli avtomashina, motoroller, sanitar-epidimiologik xizmat, markirovka yorlig’i, veterinar tamg’asi, realizatsiya muddati, flyaga, bidon, bochka, quti.
Oziq-ovqat mahsulotlari «oziq-ovqat» markirovkasi bor maxsus avtotransportda tashiladi. Bunday mashinalarning yuk ortish ichki qismi oq tunuka yoki alumin tunuka bilan qoplanadi, olinadigan stellajlar o'matiladi. Mahsulot tashiydigan har bir mashinada sanitariya-epidemiologik xizmat idorasi tomonidan bir yilga berilgan pasport bo'lishi kerak. Mahsulotni kuzatib boruvchi, ortib-tushiravchilar sanitar kiyimiga ega bo'lishi, belgilangan qoidaga muvofiq tibbiyot daftarchasi bo'lishi, unda tibbiyot ko'rigidan o'tganlik, maxsus gigiyena tayyorgarligi borligi, attestatsiya haqida hujjati qayd qilingan bo'lishi kerak.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga oziq-ovqat mahsulotlari ombor va bazalardan olib kelinadi. Agar oziq-ovqatlarni tashish qonun-qoidalariga rioya qilinmasa, ular quyosh nuri, chang, yuqori harorat, mexanik zararlanish natijasida buzilishi mumkin. Shuning uchun ularni tashishda sanitariya me'yorlariga rioya qilish asosiy shartlardan hisoblanadi.


Umumiy ovqatlanish korxonalari omborxonalariga keladigan oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi me'yoriy-texnik hujjatlar talabiga mos kelishi, toza, sozlangan taralarda bo'lishi shart. Sifati har bir idishdagi markirovka yorlig'i, sana, tayyorlangan soati va sotilishining oxirgi muddati qo'shib yuboriladigan huijatda yozilgan bo'lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun alohida har bir mahsulot uchun moslashtirilib «Non», «Sut», «oziq-ovqatlar» kabi yozuvlar bilan belgilab qo'yilgan berk yukxonali, ichki qismi ruxlangan yoki oq tunuka bilan qoplangan avtotransportdan foydalaniladi.
Kartoshka, karam, tarvuzlarni ochiq kuzovli avtomashina-larda albatta brezent 1ап o'ralgan holda tashishga ruhsat etiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yaqin masofaga yuk tashuvchi motorollerlar yordamida tashiladi. Tez buziladigan mahsulotlarni sovutgichli yoki izotermik sovutiladigan avtomobillarda 6°C dan yuqori bo'lmagan haroratda 3 soatdan ortiq bo'lmagan muddatda tashiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari tashiladigan taralar yengil, zanglamaydigan materiallardan yasalgan bo'lib turli mahsulot­lar uchun alohida mo'ljallanadi. Tashiladigan mahsulotlarning barchasini sifat sertifikati tayyorlangan va sotilish muddati ko'rsatilgan yuk hujjati bo'lishi kerak.
Ayniqsa, tez buziluvchi (yarimfabrikatlar, tayyor kulinariya va qandolat mahsulotlari) va yarim tayyor mahsulotlar bilan savdo qiluvchi oshxonalar, magazinlar, bufetlarga olib boriladigan mahsulotlarga alohida e'tibor berish talab qilinadi. Chunki bu mahsulotlar mikroorganizmlar bilan tez zararlanishi mumkin. Ushbu mahsulotlarni tashishning sanitariya qoidalariga quyida-gilar kiradi:
1) xom va tayyor mahsulotlarni alohida-alohida tashish kerak;
2) yilning issiq fasllarida yarimfabrikatlarni yopiq sovutiladigan kuzovlarda 6°C dan yuqori bo'lmagan haroratda 2 soatdan ortiq bo'lmagan muddatda tashish kerak;
3) yarimfabrikatlar maxsus zich yopiladigan, qopqoqli metall taralarda, tayyor ovqatlar esa — termoslar, kastrulkalar, qopqoqli lotoklarda;
4) oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda ularni tayyorlagan tashkilot nomi, tayyorlash sanasi, soati va'saqlanish muddati, qadoqlovchining nomeri ko'rsatilgan yorliq yopishtirilgan bo'lishi kerak;
5) taomlar tashishdan 7 soatlar oldin tayyorlashga ruhsat etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati korxona sifatini nazorat qilish xizmati vakillari tomonidan takshiriladi. Agar laboratoriya bo'lsa, uning xodimi tekshiruv o'tkazadi. Kelayotgan oziq-ovqat mollari sifatini nazorat qilishni ishlab chiqarish mudiri yoki uning o'rinbosarlari, oshpaz-brigadir, bufetlarda — bufetchi amalga oshiradi.
Quyidagi hollarda mahsulot qabul qilib olish taqiqlanadi:

  • oziq-ovqat xomashyosi va oziqa mahsulotlarining sifat
    hamda xavfsizligini tasdiqlovchi huijatlar bo'lmasa;

  • go'sht va qishloq xo'jalik chorva mollarining hamma
    xillari:

  • kallapocha, ichak-chavoqlarda veterinar tamg'asi bo'lmasa;

  • baliq,qisqichbaqa,parranda go'shtlarida veterinar guvohnomasi bo'lmasa;

  • tuxumning sirti iflos, chaqilgan, singan bo'lsa;

  • konservalar iflos, bankalar urilgan, etiketkasiz bo'lsa;

  • yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlarga omborxona kemiruvchilari zarar yetkazgan bo'lsa;

  • sabzavot va mevalarda mog'orlash va chirish bo'lsa;

  • uyda tayyorlangan mahsulotlar;

  • realizatsiya muddati o'tgan tez buziluvchi mahsulotlar.

Korxonalar mahsulotlarni buzilishdan saqlash qoidalariga rioya qilish talablarini bajarishi lozim.


Saqlash uchun qabul qilingan mahsulotlarni mol yubo-ruvchining idishida (bochka, qutilar, flyaga, bidonlar va boshqalar) saqlanadi yoki toza, mahsulotga moslanib ishlab chiqilgan va markirovka qilingan qabul qiluvchining taralariga joylashtiriladi.
Mahsulotlarni idishsiz ochiq holda taroziga qo'yib tortish taqiqlanadi, idishlari bilan yoki toroziga kleyonkalar, qog'oz va boshqa toza narsalar solinadi.
Sanitariya talablariga ko'ra oziq-ovqatlar tashiladigan transport har kuni ishdan keyin kalsiyli soda solingan issiq suv bilan yuvilishi va kamida 1 haftada 1 marta 2% li xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuzovlar usti o'raladigan brezentlar ifloslanish darajasiga qarab ishqorli suv bilan yuvila-di. Avtomashinalarni yuvish avtobazalarda va oziq-ovqat korxonalarida tashkil etiladi. Har bir umumiy ovqatlanish korxonasiga qaytariladigan taralar tozalanib issiq suv bilan yuvilishi kerak.

Download 94.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling