Umumiy ovqatlanish korxonalarida


Download 175.97 Kb.
bet12/27
Sana11.10.2023
Hajmi175.97 Kb.
#1697819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena-fayllar.org

1-jadval


Xlorli ohakni tayyorlash uchun kerakli konsentratsiya%


10% li xlorli ohakni miqdori ml.


Dezinfeksiya qilinadigan predmet

0,2

200

Ishchilar qo'li, oshxona, idishlari


1,0

1000

Jixozlar, inventar


3,0

3000

Jamoatjoylari


5,0

5000

Sanuzel

Xloramin eritmasi xlorli ohak eritmasiga nisbatan bir qator ustunliklarga ega: suvda yaxshi eriydi, saqlashga chidamli, deyarli xidsiz, metallarni zanglatmaydi, bo'yoqlarni rangsizlantirmaydi.
Xloramin eritmasi quyidagicha tayyorlanadi. 10 1 suvga 20 gr xloramin kukuni solib, 0,2% li eritma hosil boiadi, 0,5% li eritma tayyorlash uchun esa 50 gr, 1,0% li eritma tayyorlash uchun esa 100 gr solish kerak.
ZARARLI HASHAROTLARGA QARSHI KURASH CHORALARI.
Kemiruvchi va hasharotlar asosiy kasallik tarqatuvchilar hisoblanadi. Ichak infeksiyasi va oziq-ovqatdan zaharlanishning oldi­ni olishda muhim chora zararli hasharotlarga qarshi kurashdir. Chunki ular har xil yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Ularga qarshi kurashish uchun kerakli profilaktik chora-tadbirlarni ko'rish kerak.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida pashsha, suvarak va boshqa hasharotlar, kemiruvchilar mutlaqo bo'lmasligi kerak.
Umumiy profilaktik choralar qatoriga

  • korxona xududini toza tutish


  • oziq-ovqat mahsulotlarini to'g'ri saqlash


  • bino ichidan oziq-ovqat chiqindilarini tez va munta-zam olib chiqib ketish kerak;


  • bino ichini top-toza qilib saqlash;


  • kun issiq paytlarda ochiladigan eshik va oynalarni to'r


    yoki doka bilan berkitish;
  • muntazam ravishda dezinfeksiya qilib turish kerak.


    Suvaraklarni yo'qotish uchun xona ichida non ushoqlari,

taom qoldiqlarini qoldirmaslik kerak. Suvaraklar paydo bo'lgani sezilsa, darrov xona tozalanishi va dezinfeksiya qilinishi kerak.


Kemiruvchilar (kalamush, sichqon)ga qarshi kurashda ularni mexanik va kimyoviy usul bilan yo'qotish choralari ko'riladi. Kemiruvchilardan himoyalanish uchun quyidagi profilaktik ishlar amalga oshiriladi.
1. Devor burchaklari, ship, pol teshiklari va boshqa joylardagi hasharotlar va kemiruvchilar kira oladigan teshiklar mustahkam qilib berkitiladi.
2. Omborxona eshiklari tunuka bilan qoplanadi. Binolarni dezinfeksiya qilganda oziq-ovqat mahsulotlari va idish-tovoqlar xavfsiz joylarda, yopiq shkaflarda saqlanadi. Dezinfeksiyadan so'ng xonalarni juda yaxshi tozalash talab qilinadi.


Download 175.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling