Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: 
- maktabgacha ta’lim; 
- umumiy o‘rta ta’lim; 
- kasb-hunar ta’limi; 
- oliy ta’lim; 
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; 
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
- maktabdan tashqari ta’lim. 
2. Maktabgacha ta’lim 
Bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini 
ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam 
ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha 
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda 
amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini 
tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro 
fondlar faol ishtirok etadi. 
Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni 
amalga oshirish lozim bo‘ladi: 

malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda 
tayyorlash; 

maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik 
uslublarini izlash va joriy etish

bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, 
pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash; 

zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar
o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 


31 

maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-
tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-
axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish

maktabgacha muassasalarning har xil turlari uchun turli 
variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning 
barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati 
ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; 

maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari 
tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab 
chiqish. 
Maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chasi, bolalar 
yasli bog‘chasi, bolalarni rivojlantirish markazi va h.k) bir yoshdan 
olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashda oilaga yordam berish, 
ularning jismoniy va ruhiy salomatligini muhofaza qilish va mustah-
kamlash individual qobiliyatlarini rivojlantirish va rivojlanishdagi 
nuqsonlarni tuzatishda zarur choralarni ko‘rish maqsadida tashkil 
etiladi. Maktabgacha ta’lim muasasalarida ta’lim berish va 
tarbiyalash tasdiq’langan davlat talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan 
foydalaniladi: 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling