Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


I. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

I. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena 
yo‘nalishi 
Mazkur yo‘nalish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
– 
bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarini aniqlash 
va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash
– 
doimiy ravishda bolalarning jismoniy rivojlanishini tahlil 
qilib borish; 
– 
bolalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha oila bilan 
hamkorlik qilish; 
– 
sog‘lom turmush tarzining muhimligini tushuntirish va uni 
ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. Mazkur yo‘nalishda bolaning 
rivojlanish jarayonlari quyidagi bosqichlar orqali kechadi: 
– 
yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va 
sekin), yugurish (tez, sekin va ilon izi bo‘lib), sakrash (uzunlikka 
va balandlikka), zina bo‘ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish
sakrash) vaqtida o‘zining tana a’zolarini boshqarishni o‘rganadi;
– 
mayda motorikani rivojlantirish - bunda bola biron-bir 
faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yopish, qirqish, 
bo‘lish) uchun o‘z qo‘llari va barmoqlarini ishlatish va ulardan 
foydalanish malakasiga ega bo‘ladi; 
– 
sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o‘z harakatlarini 
boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish, eshitish, qo‘l bilan 
his qilish, hid bilish) foydalanadi; 
– 
madaniy-gigiyenik malakalar - bunda bola o‘z sog‘ligining 
muhofazasiga ta’sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarni egallaydi. 
Bola yirik motorikani rivojlantirish bosqichida: 
– 
o‘z tanasini boshqara olishi
– 
o‘z tana a’zolarini boshqara olishi; 
‒ bir yo‘nalishda maqsadli harakatlana olishi lozim. 
Bola mayda motorikani rivojlantirish bosqichida: 
– 
qo‘l va barmoq harakatlarini nazorat qila olishi; 
– 
o‘yinchoq va kundalik ehtiyoj predmetlaridan foydalana 
olishi lozim. 
Bola sensomotorikani rivojlantirish bosqichida o‘z xatti-
harakatlarini sezish organlari yordamida boshqara olishi lozim. 


35 
Bola madaniy-gigiyenik malakalar bosqichida madaniy-
gigiyenik malakalarga ega bo‘lishi lozim. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling