Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

– 
ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira
– 
fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik; 
– 
bilish obyektlari - predmetlar, ularning xususiyatlari va 
vazifalari; 
– 
bilish usullari - tajriba qilish va konstruksiya yaratish; 
– 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - rivojlantiruvchi 
muhit va katta yoshdagilar bilan hamkorlik munosabatlari; 
– 
muloqot yuritish shakli - vaziyatli amaliy
– 
tengdoshlari bilan munosabatlar - qiziqish kam; 
– 
katta yoshdagilar bilan munosabatlar - faoliyat usullarini 
tanlashga yordam berish manbai hamda o‘yin va ijod bo‘yicha 
sherik; 
– 
nizolar mavjudligi - katta yoshdagilar bilan ("men - o‘zim" 
tamoyili); 
– 
his-hayajonlar - kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar; 
– 
o‘yin faoliyati - katta yoshdagilar bilan sherik bo‘lib, 
o‘yinchoqlarni esa, mustaqil o‘ynaydi.
4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik 
xususiyatlari: 
– 
fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur; 
– 
nutq - faol nutq shakllanishi yakunlanadi, fikrlarni bayon 
etish; 
– 
ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira, shu-
ningdek o‘yin vaqtida ixtiyoriy ravishda eslab qolish rivojlanadi; 
– 
fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan sezgirlik 
kamayadi; 
– 
bilish obyektlari - bevosita idrok etilmaydigan predmetlar 
va hodisalar
– 
bilish usullari - katta yoshdagilarning hikoyalari va tajriba 
qilish; 
– 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyoqarash; 
– 
muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari muloqot; 


39 
– 
tengdoshlari bilan munosabatlar - voqeaga boy bo‘lgan 
o‘yinlarda sherik sifatida qiziqarli kechadi; 
– 
katta yoshdagilar bilan munosabatlar - axborot olish 
manbai; 
– 
nizolar mavjudligi - mavjud emas; 
– 
his-hayajonlar - yanada ravon va o‘zini nazorat qilishga 
urinadi; 
– 
o‘yin faoliyati - tengdoshlari bilan jamoaviy va rolga 
kirishgan holda o‘ynaydi, o‘yinli vaziyatlarni ijro qiladi.
5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik 
xususiyatlari: 
– 
fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, tasvirli-sxemali 
jarayon shakllana boshlaydi; 
– 
nutq - nutqni rejalashtirish malakasi shakllanadi; 
– 
ixtiyoriy bilish jarayoni - maqsadga yo‘naltirilgan eslab 
qolish qobiliyati rivojlanadi; 
– 
fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan sezgirlik 
kamayadi; 
– 
bilish obyektlari - bevosita idrok etilmaydigan predmetlar 
va hodisalar, axloqiy normalar; 
– 
bilish usullari - katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan 
muloqot qilish, mustaqil faoliyat, tajriba qilish; 
– 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyo-
qarash; 
– 
muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari muloqot va 
uddaburonlik; 
– 
tengdoshlari bilan munosabatlar - o‘yinlarda sherik sifatida 
unga qiziqish chuqurlashadi hamda muloqot yuritishda moyillik 
sezadi; 
– 
katta yoshdagilar bilan munosabatlar - axborot olish 
manbai va suhbatdosh; 
– 
nizolar mavjudligi - mavjud emas; 
– 
his-hayajonlar - mo‘tadil darajadagi his-tuyg‘u, yuqori 
kayfiyat ustun turishi; 


40 
– 
o‘yin faoliyati - o‘yin haqida fikrlari shakllanadi
shuningdek davomli o‘yinlar, birlashmalar shakllanadi. 
6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik 
xususiyatlari: 
– 
fikrlash - mantiqiy tafakkur ko‘rgazmali-obrazli jarayon 
asosida rivojlanadi;
– 
nutq - ichki nutqning rivojlanishi; 
– 
ixtiyoriy bilish jarayoni - o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy 
ravishda o‘z fikrini jamlashga kirishadi; 
– 
fiziologik sezgirlik - individual ravishda, aksariyat hollarda 
past darajada; 
– 
bilish obyektlari - predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi 
sabab-oqibatli bog‘liqlik; 
– 
bilish usullari - mustaqil faoliyat, bilish uchun katta 
yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish
– 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - shaxsiy dunyo-
qarash, har bir ishda o‘z fikrini bildirish; 
– 
muloqot yuritish shakli - vaziyatdan tashqari shaxsiy 
muloqot; 
– 
tengdoshlari bilan munosabatlar - suhbatdosh va faoliyat 
bo‘yicha sherik; 
– 
katta yoshdagilar bilan munosabatlar - hissiy ko‘mak 
manbai; 
– 
nizolar mavjudligi - 7 yoshga kelib tanazzulga uchrash, 
ijtimoiy rolning o‘zgarishi; 
– 
his-hayajonlar - yuqori darajadagi his-tuyg‘ularga ega 
bo‘lish; 
– 
o‘yin faoliyati - zimmasiga olgan rolga muvofiq o‘zini 
tutish shakllanadi, shuningdek birgalashib o‘ynaydi. Davlat 
talablari asosida namunaviy mashg‘ulot rejalari tasdiqlanadi. 
Dastur maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari, ota-onalar, 
bolalar tarbiyasi bilan qiziquvchi barcha mutaxassis va 
metodistlarga mo‘ljallangan. 


41 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling