37
–
bilish obyektlari - atrofidagi predmetlar va o‘zidan katta
yoshdagilar;
–
bilish usullari - sezish (ko‘rish, eshitish, ta’m bilish);
–
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - bolaga nisbatan
mehribon bo‘lish
va muloqot qilish;
–
muloqot yuritish shakli - bevosita hissiy muloqot;
–
tengdoshlari bilan munosabatlar - qiziqish mavjud emas;
–
katta yoshdagilar bilan munosabatlar
- fiziologik va
himoyalanish ehtiyojlarini qondirish manbai;
–
nizolar mavjudligi - tengdoshlari bilan;
–
his-hayajonlar - ekspressiv imo-ishoralar orqali;
–
o‘yin faoliyati - turli predmetlarni o‘ynaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik
xususiyatlari:
–
fikrlash - ko‘rgazmali-harakatli tafakkur;
–
nutq - so‘z birikmalari va fe’llarni tushunadi;
–
ixtiyoriy bilish jarayoni - ixtiyorsiz diqqat va xotira;
–
fiziologik sezgirlik - noqulaylikka nisbatan yuqori sezgirlik;
–
bilish obyektlari - turli predmetlar va ularning ichki tuzilishi;
–
bilish usullari - predmetlardan turli maqsadlarda foyda-
lanish, ularni qismlarga ajratish va yig‘ish;
–
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari - rivojlantiruvchi
muhitning turli-tumanligi bolaga nisbatan mehribon bo‘lish va
muloqot qilish;
–
muloqot yuritish shakli - vaziyatli shaxsiy muloqot;
–
tengdoshlari bilan
munosabatlar - qiziqish kam;
–
katta yoshdagilar bilan munosabatlar - himoyalanish,
erkalanish va yordam berish manbai;
–
nizolar mavjudligi - katta yoshdagilar bilan ("men - o‘zim"
tamoyili);
–
his-hayajonlar - kuchli his-tuyg‘uli, keskin o‘zgarishlar;
–
o‘yin faoliyati - turli predmetlarni o‘ynaydi,
shuningdek
tengdoshlari bilan o‘ynaydi.
3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik
xususiyatlari:
38
–
fikrlash - ko‘rgazmali-obrazli tafakkur;
–
nutq - ravon nutq shakllanadi va sifatlarni tushuna boshlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: