Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
3. Umumiy o‘rta ta’lim
О‘rta ta’limning muddati 11 yil bо‘lib, О‘zbekiston Respub- likasida ta’limning majburiy turi hisoblanadi. 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, “Bola huquqlari Konvensiyasi”, О‘zbekiston Respublikasining Konstitut- siyasi, “ Ta’lim tо‘g‘risida ”gi Qonuni, “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yi- cha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni, “Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risida”gi Qonun, va YUNESKOning uzluksiz ta’limga doir tavsiyalariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi. 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimi oldiga qо‘yiladigan ijti- moiy buyurtma va talablardan kelib chiqqan holda, 11 yillik maj- buriy о‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risidagi meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi va muntazam takomil- lashtiriladi. 11 yillik majburiy о‘rta ta’limning asosiy maqsadi – shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, muntazam rivojlanuvchi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda о‘zining ijodiy quvvatlarini namo- yon qila oladigan yoshlarni shakllantirish, о‘zining shaxsiy hayotiy manfaatlari kabi jamiyat manfaatlari yо‘lida ham xizmat qila oladigan, chunonchi, о‘zbek xalqining an’analarini davom ettiradi- gan, fan, madaniyat, texnika hamda texnologiyalarni rivojlantira oladigan, avlodlarning tarixiy uzviyligini mustahkamlaydigan yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maktablarining mavjud ijtimoiy sharoitdagi vazifalari: a) о‘quvchilarning jismoniy salomatligini muhofaza qiladigan, ma’naviy jihatdan boy, yuksak axloqiy, bilimli, о‘zi va boshqa xalqlarning an’analari va madaniyatini hurmat qiladigan shaxslarni tarbiyalaydigan maktab hayotining yangi sohasini shakllantirish; b) о‘quvchilarda fuqarolik, fidoyilik, inson erki va huquqlarini hurmat qilish, о‘zi va jamiyat oldida mas’uliyatni his qilish kо‘nik- malarini tarbiyalash; 42 d) о‘quvchilarda yaxlit tarzdagi ilmiy dunyoqarash, ekologik madaniyatni shakllantirish; e) о‘quvchilar va о‘qituvchilarning ochiq axborot maydon- lariga chiqishlari uchun qulay imkoniyatlar yaratish; f) о‘quvchilarning bilish qiziqishlari, ijodiy layoqatlari, umum- о‘quv kо‘nikmalari, mustaqil bilim olish malakalari, о‘zlarini namoyon qilish imkonini beradigan faoliyat tajribalarini har tomonlama rivojlantirishdan iborat. Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun: a) о‘quvchilarning tо‘laqonli rivojlanishlari uchun qulay pedagogik, psixologik shart-sharoitlarni yaratish; b) fan, madaniyat, iqtisodiyot, texnika, texnologiyalarning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim maz- munini muntazam yangilash; d) ta’limning madaniyat bilan yо‘g‘rilganligiga muntazam tarz- da e’tibor qaratish asosida uning shaxs ma’naviy olamining shakl- lanishini ta’minlash; e) о‘quvchilarning ijtimoiy о‘zgarishlarga moslashishlariga erishish, natijada о‘quvchilarda barqaror mayllar shakllanib, shaxs- ning shaxsiy muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda ijtimoiy taraqqi- yotni ham ta’minlanadi; f) о‘quvchilarda ilmiy bilimlar tizimini shakllantirish, ularni amaliy faoliyatning turli kо‘rinishlarida qо‘llay olish kо‘nikmalari- ni hosil qilish; g) 11 yillik majburiy о‘rta ta’lim tizimining uzviyligini rivoj- lantirish, uning darajalari va bosqichlari orasidagi uzviylikni ta’minlash; h) о‘qituvchilarning innovatsion faoliyatini qо‘llab-quvvatlash; i) о‘quv dasturlarining kо‘p variantliligiga erishish orqali ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish; j) о‘quvchilarning salomatligi va hayotini muhofaza qilish; k) о‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, ax- borot va telekommunikatsiyalarning yangi vositalarini о‘zlashtirish; e) masofadan turib о‘qitish tizimini rivojlantirish; m) iqtidorli о‘quvchi-yoshlar bilan ishlash tizimini takomil- lashtirish; 43 n) imkoniyati cheklangan о‘quvchilar bilan ishlash tarmoqlari va ta’lim muassasalari faoliyatini yangi sifat bosqichiga kо‘tarish, pedagogik-psixologik korreksiyalash bilan bog‘liq chora-tadbir- larni amalga oshirish talab qilinadi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling