Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


yillik majburiy о‘rta ta’limning uchinchi bosqichi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

11 yillik majburiy о‘rta ta’limning uchinchi bosqichi X-XI 
sinflarni о‘z ichiga oladi va tо‘laqonli majburiy о‘rta ta’limni ifo-
dalaydi. Bu bosqichda ta’limning davomiyligi 2 yil. Ushbu davrda 
16-18 yoshli о‘quvchilarda tabiat, jamiyat, inson, madaniyat, fan va 
texnologiyalarga oid bilimlarni о‘zlashtirish natijasida tо‘liq 
dunyoqarash shakllanadi. О‘quvchilar о‘z kelajaklarini loyihalash-
tirish, о‘z maqsadlariga erishish yо‘llarini aniq tasavvur qilish 
imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Bu davrda о‘quvchilarda ijtimoiy 
hayotda о‘zlarini namoyon qilish ehtiyoji paydo bо‘ladi. Ular о‘z 
о‘quv faoliyatlarini aniq baholash, istiqboldagi о‘quv hamda kasbiy 
faoliyatlarini belgilab olish layoqatiga ega bо‘ladilar.
Ushbu bosqichda ta’lim mazmuni sohalar bо‘yicha tabaqalash-
tirilgan yondashuv asosida tanlanadi va kompetensiyaviy yon-
dashuvga tayanadi. Sohalar bо‘yicha tabaqalashtirilgan ta’lim 
fanlar chuqurlashtirilib о‘qitiladigan ixtisoslashgan sinflar shaklida 
amalga oshiriladi.
Fan sohalari bо‘yicha ixtisoslashgan sinflar о‘quvchilarning 
bilish qiziqishlari va layoqatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. 
Jumladan, tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinflar, iqtisodga ixtisos-
lashgan sinflar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan sinflar 
kabi. 
X-XI sinflarda amalga oshiriladigan fanlar bо‘yicha ixtisos-
lashtirilgan ta’lim mazmuni kompetensiyaviy yondashuvga asos-
langan Davlat ta’lim standartlari va variativ dasturlarda о‘z ifoda-
sini topadi. 
11 yillik majburiy о‘rta ta’limning pedagogik funksiyalari 
mavjud umumiy о‘rta ta’lim tizimidan yakunlanganligi, variativ-
likka asoslanishi, darajali hamda sohaviy jihatdan tabaqalash-
tirilganligi, muayyan mikrosotsium hududida amalga oshirilishi, 
о‘quvchi shaxsining imkoniyatlariga yо‘naltirilganligi, ota-onalar 
xohish-istagining hisobga olinganligi, о‘quvchilarni uzluksiz 
rivojlantirishga yо‘naltirilganligi, milliy hududiy о‘ziga xoslikka 
tayanilganligi bilan belgilanadi. 


46 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling