50
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim natijalarini baholash tizimi
Natijaga yо‘naltirilgan ta’lim modelida о‘quvchilarning о‘quv
yutuqlarini baholash alohida ahamiyatga ega bо‘lib,
bunda
о‘quvchi, о‘qituvchi, maktab va milliy xususiyatga ega bо‘lgan
ta’lim tizimi bahosi orasidagi muvofiqlik ta’minlanadi.
Maktabda о‘qitish natijalari har bir о‘quvchining о‘quv muva-
faqqiyatlari, uning о‘qishga bо‘lgan munosabati va rivojlanish
dinamikasini yaxlit tarzda turli yо‘nalishlarda
baholash imkonini
yaratadi.
Kutilayotgan natijalarga erishilganlikni baholash tizimini tako-
millashtirish ikki turdagi baholashni rivojlantirishni nazarda tutadi:
− davlat ta’lim standartida kо‘zda tutilgan natijaga erishishni
(tashqi natijalar);
− о‘quvchilarning shaxsiy muvafaqqiyatlarini (ichki natijalar).
О‘qitish sifati yoki о‘zlashtirilgan bilim, kо‘nikma, malaka,
kompetensiyalar quyidagicha baholanadi:
− umumta’lim tayyorgarligi bosqichlari talablariga muvofiq
о‘quvchilarning о‘quv muvafaqqiyatlarini kuzatib borish;
− 11 yillik majburiy о‘rta ta’limning har bir bosqichida joriy
nazoratlarni о‘tkazish;
− 11 yillik majburiy о‘rta ta’limning har bir bosqichi yakunida
ta’lim sohasi bо‘yicha bosqichli va yakuniy nazoratlarni о‘tkazish;
− IX hamda XI sinflarning yakunida
bitiruv imtihonlari;
− О‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi monitoring о‘tkazish
orqali.
Yagona oraliq nazorat,
Davlat imtihonlari, monitoring
tadqiqotlari О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining
qarori asosida tashkil etiladi va ular kutilayotgan natijani baholash,
ta’lim jarayoni sifatini kuzatish,
maktabdagi korreksiya va
boshqarish, о‘quvchilarning milliy kо‘lamdagi kutilayotgan
natijalarining
darajasini taqqoslash, ta’lim tizimida paydo
bо‘layotgan tendensiyalarni aniqlash uchun о‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: