Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


 yillik majburiy о‘rta ta’limning mazmuni va uni tashkil


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

11 yillik majburiy о‘rta ta’limning mazmuni va uni tashkil 
etish mexanizmlari 
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim mazmunini belgilash va 
muntazam yangilashning asosiy prinsiplari: 
a) ta’lim mazmunining о‘quvchi shaxsiga yо‘naltirilganligi; 
b) ta’lim mazmunining kompetensiyaviy yondashuvga asoslan-
ganligi; 
d) ta’lim mazmunining insoniylik, insonparvarlik, madani-
yatshunoslikka asoslanganligi; 
e) ta’lim mazmunining fundamental xarakterga egaligi
f) ta’lim mazmunining о‘quvchi salomatligini saqlash va 
muhofaza qilishga yо‘naltirilganligi; 
g) ta’lim mazmunining о‘quvchilarda amaliy faoliyat 
kо‘nikmalarini hosil qilishga yо‘naltirilganligi; 
h) ta’lim mazmunining darajali integratsiya asosida tanlanishi 
va muayyan о‘quv bloklari, о‘quv modullaridan tashkil topishi
i) ta’lim mazmunida faoliyatli yondashuvga ustuvor о‘rin 
ajratilganligi; 
k) ta’lim mazmunini optimallashtirishga ustuvor о‘rin 
ajratilganligi; 
e) ta’lim mazmuniga о‘zbek xalqi ijtimoiy tajribasining 
singdirilishi; 
m) ta’lim mazmunining tabaqalashtirilishi va sohalar bо‘yicha 
ixtisoslashtirilishi; 
n) shaxsni rivojlantirishning psixofiziologik va yosh xusu-
siyatlari hisobga olinganligi; 
o) о‘quv jarayonining kutilayotgan natijaga yо‘naltirilganligi; 
p) ta’limning ochiqligidan iborat.
11 yillik majburiy о‘rta ta’lim mazmunida quyidagi ta’lim 
sohalari: filologiya, matematika, tabiiy-ilmiy bilimlar, inson va 
jamiyat, texnologiya, jismoniy tarbiya tо‘liq amal qiladi. 11 yillik 
majburiy о‘rta ta’lim mazmuni tayanch о‘quv predmetlari orqali 
amalga oshiriladi: ona tili va adabiyot, rus tili, chet tili, matematika, 
tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, tabiyot va 
geografiya, biologiya, fizika, kimyo, informatika va axborot 
texnologiyalari, odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi 


47 
va ma’naviyat asoslari, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, 
chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya. Xuddi mana shu о‘quv 
predmetlari bо‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 
davlat ta’lim standartlari belgilab beriladi. 
Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda 
ushbu fanlar integratsiyalashtirilishi yoki ularning ayrim kom-
ponentlari uyg‘unlashtirilishi mumkin.
О‘quv predmetlari mazmuni quyidagi yо‘nalishlarda о‘zgar-
tiriladi: 
1. Atrof-muhitdagi о‘zgarishlar va tanyach fanlarda vujudga 
kelgan yangiliklar bilan bog‘liq holda о‘quv predmetlarining 
mazmuni yangilanadi va boyitiladi.
2. Jamiyat hayoti uchun muhim bо‘lgan, umummadaniy aha-
miyat kasb etgan mavzular eski mavzularni chiqarib tashlash hiso-
biga ta’lim mazmuniga joylashtiriladi. 
3. V-IX hamda V-XI sinflar bо‘yicha о‘quv bloklari va о‘quv 
mavzularini taqsimlash asosida о‘quv yuklamasini kamaytirish hiso-
biga ta’lim mazmuniga о‘zgartirishlar kiritiladi. О‘quv muddat-
larining uzaytirilganligi hamda о‘quv materiallarining qayta taq-
simlanishi hisobiga о‘quv yuklamalarining hajmi kamaytiriladi. 
О‘quv yuklamasining maksimal hajmi О‘zbekiston Respublikasi 
hududida о‘rnatilgan sanitar-gigiyenik meyorlar doirasida belgi-
lanadi.
Boshlang‘ich I-IV sinflarda kunlik о‘quv soatlari miqdori – 4, 
V-IX sinflarda – 6, X-XI sinflarda - 7 soatdan oshmasligi kerak. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling