Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yi-


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

To‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yi-
cha o‘qitish): 

malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muas-
sasasida (akademiya, institut, markaz, kurslarda) o‘qitish; 

stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv 
organlarida, horijda) tajriba orttirish; 

mustaqil o‘qib bilim orttirish; 

masofadan malaka oshirish; 

innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiya-
larini o‘zlashtirish kurslarida o‘qish.
Bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz o‘qitish): 
– 
ilmiy (ilmiy-pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy
ta’til (pedagoglar uchun);
– 
ochiq o‘quv mashg‘ulotlari (pedagoglar uchun); 
– 
ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferen-
siyalar, avgust o‘qishlari va hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ya’ni bevosita malaka oshirish belgilangan 
tartibda tasdiqlangan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish orqali 
xodimlarning ta’lim muassasalarida egallab turgan lavozimlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. Malaka oshirish xodimlarni egallab 
turgan lavozimi bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini 
chuqurlashtirish va yangilash, zamonaviy ta’limning dolzarb muam-
molari, ta’limni tashkil etishning yangi tamoyillari, rahbarlikning 
zamonaviy uslublari va ta’limning yangi texnologiyalari bilan 
tanishtirishni nazarda tutadi. 
Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassa-
sasida (akademiya, institut, markaz, kurslarda) o‘qitish – buyurt-
machilarning yakka tartibdagi topshiriqlari yoki aniq yo‘naltirilgan 
dasturlari asosida, Davlat talablariga, shuningdek ta’limni boshqarish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan 
dasturlar bo‘yicha maqsadli kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish.
Malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim muassa-
sasida o‘qitish 2+2 yoki 3+1 sxemalari bo‘yicha (tegishli ravishda 50 
yoki 75% - yashash joyi bo‘yicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 
50 yoki 25% - bevosita ta’lim muassasasida) o‘qitish shakllarida ham 
tashkil etilishi mumkin. O‘qitishning bunday shakllari axborot 


59 
uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va 
pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha maxsus virtual 
kurslar ya’ni masofaviy ta’limni amalga oshirish imkoniyatlari 
mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. 
Stajirovka shaklida (ta’lim muassasalarida, ta’limni boshqaruv 
organlarida, xorijda) tajriba orttirish rahbar va mutaxassis kadrlarni 
ta’lim va uni boshqarish sohasidagi fan-texnika taraqqiyotining eng 
yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan 
tanishtirish, rahbarlik salohiyatini oshirish, ta’limni ishlab chiqarish 
bilan integratsiyalash maqsadida tuzilgan kasbiy ta’lim dasturlarini 
o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Stajirovka xizmat safariga yuborish 
tarzida amalga oshiriladi. Stajirovka tamom bo‘lgandan keyin xodim-
larga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan 
o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi 
va muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma beriladi. 
Ta’lim muassasasida (oliy ta’lim muassasasi, malaka oshirish va 
qayta tayyorlash ta’lim muassasalari, Respublika ta’lim markazi, 
pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va hokazolarda) tajriba 
orttirish rahbar va pedagog kadrlarni boshqaruv va ta’limning zamo-
naviy yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha rivojlanishning 
ustuvor yo‘nalishlari, ta’limiy innovatsiyalarni joriy etishning 
samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadlarini ko‘zlaydi. U 
ta’limning barcha darajalari rahbar va pedagog xodimlari uchun 
foydalidir.
Ta’limni boshqaruv organlarida tajriba orttirish rahbarlarning 
amaliy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini kengaytiradi va 
chuqurlashtiradi hamda turli darajadagi rahbar kadrlar malakasini 
oshirishning samarali shakllaridan hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining xorijda 
tajriba orttirishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’dod" 
jamg‘armasi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan 
mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga 
ko‘maklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq, shuningdek 
ta’limni boshqarish organlari bilan ta’lim muassasalarining o‘zlari 
o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


60 
Mustaqil ravishda bilim olish ta’limning rahbar va pedagog 
xodimlari tomonidan kasb darajasini oshirishga, kasbiy layoqatini va 
ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zining lavozimi 
va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni 
uzluksiz ravishda mustaqil o‘zlashtirishini nazarda tutadi. Mustaqil 
ravishda bilim olish ta’lim muassasalari (rahbar va pedagog) 
xodimlari uzluksiz ta’limining ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot 
texnologiyalarining egallanishini rag‘batlantiradi. Mustaqil ta’lim, 
o‘rnatilgan tartibda, malaka oshirishning tegishli o‘quv dasturlari 
bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, bilimlarning yakuniy nazorati 
natijalari asosida xodimga mazkur ta’lim muassasasi tomonidan 
malaka oshirganlik haqida sertifikat beriladi.
Masofadan malaka oshirish ishdan ajralmagan holda amalga 
oshiriladigan va axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslan-
gan malaka oshirishning bevosita shakllaridan biri hisoblanadi. 
Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim malaka oshirish ta’lim 
muassasasining tegishli o‘quv dasturiga muvofiq amalga oshiriladi, 
malaka oshirishning mustaqil shakli sifatida yoki malaka oshirish 
ta’limi boshqa shaklining tarkibiy qismi sifatida amalga oshirilishi 
mumkin. Masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim kursining 
davomiyligi kunduzgi o‘qishning tegishli kursi akademik soatlarida 
belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq 
bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi masofaviy ta’limni 
amalga oshirayotgan malaka oshirish ta’lim muassasasi tomonidan 
nazorat qilinadi hamda masofadan turib amalga oshiriladigan ta’lim 
muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda belgilangan namunadagi 
sertifikat beriladi. 
Malaka oshirish ta’limi dasturlari asosida tashkil etilgan 
innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini 
o‘zlashtirish kurslarida o‘qish ham ta’limning rahbar va pedagog
xodimlari malakasini oshirishning bevosita shakllariga kiradi. Ushbu 
kurslar majburiy bo‘lmagani holda ta’lim xodimlarining kasbiy 
o‘sishiga ko‘maklashadi. Mazkur kurslarning o‘quv dasturlari 
malaka oshirish ta’limi o‘quv dasturlarining muayyan qismini (fan 
bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va malaka oshirish ta’limi 
muassasasi tomonidan (yoki u bilan hamkorlikda) o‘tkazilgan bo‘lsa 


61 
kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda ko‘rsatilgan 
o‘qish soatlari hajmi navbatdagi malaka oshirish bo‘yicha zarur 
soatlarning jami hajmi kiradi (hisobga olinadi). 
Ta’limning rahbar hamda pedagog kadrlari malakasini orttirish 
(ta’lim dasturlarisiz o‘qitish)ning bilvosita turi ilmiy (ilmiy-
pedagogik) kengashning qarori bo‘yicha ijodiy ta’tilda bo‘lish, ochiq 
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, shuningdek ilmiy, ilmiy-metodik 
va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust o‘qishlari va 
hokazolarda ma’ruzalar bilan qatnashish ishlarini nazarda tutadi. 
Malaka oshirishning bilvosita turi xodimlar tomonidan tegishli 
izlanish va tadqiqotlar olib borish, natijalarni chop etish uchun 
tayyorlashni taqozo qiladi, ta’lim jarayonini tashkil etish va 
boshqarishda zamonaviy tendensiyalar bilan tanishish imkoniyatini 
yaratish bilan birga ularning kasbiy salohiyati darajasining o‘sishiga 
ko‘maklashadi. Malaka oshirish ta’limining bilvosita turi bo‘yicha 
muvafaqqiyatli shug‘ullangan shaxslar malaka oshirishning musta-
qil yoki masofaviy shakllariga imtiyozli ravishda qabul qilinadilar. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling