Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 Rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash bo‘sh (yoki 
yangi tayinlangan) lavozimni egallash va mutaxassislikning malaka 
tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini 
bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni 
o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.  
Tegishli lavozimga tayinlash uchun zaxiraga olingan yoki 
mazkur lavozimni egallaganiga 3 yildan oshmagan ta’limning rahbar 
va mutaxassis xodimlari qayta tayyorlov kurslariga majburiy tarzda 
jalb etiladilar. Xodimning lavozimga tayinlangan muddatidan kelib 
chiqib, qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 2 oydan 4 oygacha 
etib belgilanishi mumkin. Zaxiradagi va tayinlanganiga bir yildan 
oshmagan xodimlar uchun qayta tayyorlash kursining davomiyligi 4 
oy (576 soat), tayinlanganiga 2 yildan oshmaganlar uchun – 3 oy (432 
soat) va 3 yildan oshmaganlar uchun – 2 oyni (288 soatni) tashkil 
etadi. Bajaradigan vazifalari va lavozim tavsiflaridan kelib chiqib 
ayrim lavozimlarga qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi 4 
oydan ortiq etib belgilanishi ham mumkin.
Rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta 
tayyorlash mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan umumiy talablar 


62 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati rahbar va pedagog 
kadrlar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va 
amaliy mahoratning mazkur kadrlarga qo‘yiladigan malaka 
talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi mazkur Davlat 
talablariga muvofiq ishlab chiqilgan na’munaviy (tayanch) o‘quv 
rejalar va dasturlar asosida tashkil etiladi. Malaka oshirish va qayta 
tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni na’munaviy (tayanch) o‘quv 
rejalar va dasturlar asosida ishlab chiqilgan maqsadli ishchi o‘quv 
rejalari va ishchi dasturlari asosida amalga oshiriladi. Malaka oshirish 
kurslaridan o‘tishning davriyligi ta’lim muassasalarining rahbar 
kadrlari uchun 3 yilda kamida bir martani, pedagog kadrlari uchun 
esa 4 yilda kamida bir martani tashkil qiladi. 
Malaka oshirish va qayta tayyorlash mazmuni va sifatiga 
qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim dasturlari bilan belgilanadi. 
Quyidagilar malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim 
dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi: 
– 
kasblar va lavozimlarga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga 
muvofiqlik; 
– 
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini bilishga qaratilganlik; 
– 
qayta tayyorlash va malaka oshirishga jamiyat buyurtmasi va 
shaxs ehtiyojining uyg‘unligi; 
– 
ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat talablari (davlat 
ta’lim standartlari)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga 
qaratilganlik; 
– 
tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqur-
lashtirishga qaratilganlik; 
– 
yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish 
va takomillashtirishga qaratilganlik; 
– 
ta’lim-tarbiyaning samarali usullari, texnologiyalarini egallash, 
takomillashtirishga qaratilganlik; 
– 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni 
nazarda tutish; 


63 
– 
davlat talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash va 
malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi. 
Malaka oshirish (qayta tayyorlash) bo‘yicha ta’lim dasturlari 
tegishli bazaviy maqsadlar va malakaviy (bitiruv) ishlar mazmuni 
bilan tugallanadi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling