Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limining namunaviy
(tayanch) o‘quv rejalari
Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limining tayanch o‘quv
rejalari Davlat standartlarining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim
sohalarini me’yorlashga hamda tegishli ta’lim muassasalarning moli-
yaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan Davlat hujjatidir.
Tayanch o‘quv rejasi ta’lim sohalari (o‘quv fanlari) bo‘yicha
beriladigan ta’lim mazmunini tinglovchilarga yetkazish uchun
ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalay-
di. U har bir malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursida muayyan
soha yo‘nalishi bo‘yicha Davlat standartlariga muvofiq beriladigan
ta’lim mazmunini belgilaydi.
Tayanch o‘quv rejasi O‘zbekiston Respublikasi hududida malaka
oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi umumiylikni ta’minlaydi,
malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’limi muassasalari
tinglovchilari tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning Davlat
standartida belgilab berilgan minimum miqdorini egallashlarini
kafolatlaydi. Masalan xalq ta’limi tizimi misolida:
Malaka oshirish ta’limining tayanch o‘quv rejasi quyidagi har
biri bir nechta o‘quv fanlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘quv
bloklaridan tashkil topgan:
1. Ijtimoiy fanlar.
2. Umumkasbiy fanlar.
3. Mutaxassislik fanlari.
4. Institut ixtiyoridagi soatlar (dolzarb mavzular).
№
Ta’lim sohasi (o‘quv bloki) nomi
O‘quv blokiga ajratilgan vaqt
Rahbar xo-
dimlar MO
kurslari
uchun
Pedagog kadr-
lar MO kurs-
lari uchun
1 Ijtimoiy fanlar
28
26
2 Umumkasbiy fanlar
30
28
3 Mutaxassislik fanlari
78
82
4 Institut ixtiyoridagi soatlar
8
8
Do'stlaringiz bilan baham: |