Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo‘lishi


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

Komenskiyning bolani yosh davrlarga bo‘lishi. Bunda u 
tabiiylik prinsipiga amal qilib, bola yoshini 4 davrga bo‘ladi.
1. Tug‘ilganidan 6 yoshgacha ona maktabi. Bu davrda 
bolaning sezish organlarini o‘stirishga, bolaning qabul qilishini, 
atrofdagi dunyo bilan tanishtirishga katta ahamiyat beradi. Bolani 
mehnatga o‘rgatish, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga jalb etish kerak. Ona 
boladagi axloqiy tarbiyaning asoslarini, to‘g‘rilik, haqqoniylik, 
mehnatni sevish va boshqalarni vujudga keltiradi. Ona maktabi 
bog‘cha yoshidagi bola tarbiyasini ko‘zda tutadi. 


433 
2. 6-12 yoshgacha xalq maktabi yoki ona tili maktabi. Bunda 
o‘quvchi esda saqlashi, so‘zlashga o‘rganishi, yozish, boshlang‘ich 
maktab ko‘nikmasini hosil qilishi kerak bo‘lib, buning uchun 
geometriya, geografiya, tabiat fanlarini o‘rganishi lozim. 
3. 12-18 yoshgacha - gimnaziya. Bu o‘quv yurtining vazifasi 
bola tushunchasini, tafakkur qobiliyatini o‘stirishdan iborat bo‘lib, 
unda klassik tillar, tabiat bilimlari, axloq, ilohiy fanlar o‘qitilishi 
kerak. 
4. 18-24 yoshgacha ‒ Universitet. Akademiya. Bu o‘quv 
yurtlari o‘quvchining irodasini, shaxsini bir butun o‘stirishi kerak. 
Komenskiyning pedagogik nazariyasida ta’lim-o‘qitish, ya’ni 
didaktika katta o‘rinni egallaydi. Bunda u tabiiylik usulini asos qilib 
oladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda bolaning 
yoshi, bilim darajasi, psixologik xususiyatlari hisobga olinib, darsni 
tabiat borlig‘iga moslab olib borish kerak, degan g‘oya ilgari 
suriladi. 
Masalan: Qush o‘ziga uya yasaydi, uya issiq va yumshoq 
bo‘lishi kerak. Maktab ham xuddi shunday bo‘lishi kerak. 
Komenskiy o‘zining “Buyuk didaktika” asarida maktabda 
o‘qitish tizimini amalga oshirishda quyidagi didaktik tamoyillarga 
amal qilishni tavsiya etadi. 
1. Ko‘rsatmalilik tamoyili
2. Onglilik tamoyili; 
3. Izchillik va tizimlilik tamoyili; 
4. Mashq qilish, bilim va malakalarni puxta egallash 
tamoyillari. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling