19
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. Mazkur metod o‘quv-
chilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuning-
dek, ma’lum fan sohalari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda
o‘quvchilarning ijodiy ishlari –
kundaliklari, insholari, yozma
ishlari,
referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan
individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish
uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‘rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan
olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko‘rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.
Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha “sinab ko‘rish”,
“tajriba qilib ko‘rish") metodi. Pedagogik tajriba metodidan
muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud
pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi,
ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega
bo‘la olishi hamda samaradorligini
aniqlash maqsadida foyda-
laniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‘naltirilgan
pedagogik tajriba ma’lum doirada, soni aniq belgilangan
respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan
foydalanish tadqiqotchi tomonidan
ilgari surilayotgan maxsus
metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi
zarur. Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
Pedagogik tajriba
Tabiiy tajriba
Laboratoriya
tajribasi
Tajriba ishi
Do'stlaringiz bilan baham: