Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
Innovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish
Download 2.64 Mb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)
3.Innovatsion jarayonning rivojlanishida umumiy yo‘nalish Innovatika muammolariga murojaat etish va ularni muhim zamonaviy ilmiy fikrlash yo‘nalishlariga qo‘shish, jamiyatda 179 innovatsion jarayonlar dinamikasi o‘sib borayotganini tushunish natijasi bo‘ldi. Bizning adabiyotlarimizda innovatsiya muammolari ko‘p vaqtgacha iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganib kelindi. Ammo vaqt o‘tishi bilan jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida innovatsion o‘zgarishlar sifat xarakteristikalarini baho- lash muammosi yuzaga keladi, ammo bu o‘zgarishlarni faqatgina iqtisodiy nazariyalar bilan aniqlab bo‘lmaydi. Innovatsion jarayon- larni o‘rganish uchun boshqa yo‘llar zarur, unda innovatsion tahlil faqatgina. Fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlaridan foydalanishnigina o‘z ichiga olmay, balki boshqarish, ta’lim, huquq va boshqa sohalarni ham qamrab oladi. Innovatsion pedagogik muammolarini yechilishini izlash ta’lim sohasida innovatsion jarayonlar borishi xususiyatlari, mazmuni, tarkibi va klassifi- katsiyasini tekshirish natijalarini tahlil (analiz) qilish bilan bogliq. “Innovatsiya” tushunchasi birinchi marta XIX asrda madani- yatshunoslar o‘rganishlarida paydo bo‘ldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini bildirgan. Uning bu ma’nosi hozirgacha etaografiyada saqlanib qolgan. XX asr boshlarida yangi bilim sohasi-yangiliklarni kiritish, qo‘llash yuzaga keldi. U mahsulot ishlab chiqarish sohasida texnik yangiliklarni kiritish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi. Yangiliklarni kiritish haqidagi fan - innovatika -firmalarning yangi reja, xizmatlarni ishlab chiqish va tatbiq etish faoliyatiga talabalari keskin oshib borishi aks ettirilgan holda paydo bo‘ldi. 30 yillarda AQShda “firma innovatsion siyosati”, “innovatsion jarayon” atamalari paydo bo‘ldi. 60-70 yillarda g‘arbda firmalar va boshqa korxonalar amalga oshirilayotgan yangiliklarni empirik tekshirishlar keng quloch yoyadi. Shu bilan birga diqqat ikki asosiy tekshirishlar sohasiga qaratiladi, ularning har birida o‘z nazariy - metodologik madaniyati ustun turadi. Firma yangiliklarni kiritish tashabbuskori va yaratuvchisi sifatida bo‘lib, uning yangiliklarni kiritishga “sezuvchanligini”, “ta’sirchanligini” va bu ta’sirchanlik bogliqligi boshqarishning tuzilishi va uslublari bilan bog‘liqdir. Tekshirishlar dasturi sifatida “qaror qabul qilish jarayoni” konsepsiyasi hisoblanib, bunda 180 alternativalarni tanlash va analiz qilish qabul qilingan qarorlarni ketma-ket bosqichlar bilan amalga oshirishga o‘tiladi. Marketing yoki firmaning bozorga yangilik kiritishga, tavakkalchilik omillari, kiritilayotgan yangiliklar muvaffaqiyatini oldindan bilish metodlari, alohida bosqichlar samaradorligi iqtisodiy ko‘rsatkichlari va yangilik kiritish umumiyligiga: ustun turuvchi tekshirishlar paradigmasi bo‘lib, ochiq tizim va o‘yin sifat yondashuvi nazariyasi hisoblanadi, unda firmalar bozor bilan o‘z muhitlari sifatida o‘zaro munosabatda bo‘lib va u yerda innovatsion jarayonning yakunlovchi bosqich ko‘pgina subyektlar o‘zaro bog‘liqligi natijasi bo‘lib qoladi, bu subyetklarning har biri o‘z manfaatiga qarab ish olib boradi va o‘z sheriklari harakatlarini ehtimolini hisobga oladi. Bu ikki sohada yangiliklarni kiritishni amaliy tekshirishlar bir qator fanlar nazariy yangiliklaridan foydalanadilar. Ular turmush va mehnat texnik vositalari rivojlanishi qonuniyatlariga murojaat etib, o‘rganilayotgan texnika tarixi, texnik va ijtimoiy o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadilar: yangiliklarni kiritishni boshqarish amaliyotiga yangi g‘oyalarni rag‘batlantiruvchi omillar va uslublar haqidagi sotsiolog va ijtimoiy psixologlar xulosalarini, innovatsion yangilik kirituvchilar va boshqa ishtirokchilar xislatlari haqidagi mulohazalarini faol tatbiq etadilar. Olimlar yangiliklar kirtishni tekshirish uch bosqichga ajratadilar. Birinchi bosqich yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi omillarni o‘rganish va turli xil yangiliklar ko‘pgina empirik ma’lumotlarni analiz qilish bilan bog‘liq. Ikkinchi bosqich yangilik kiritish jarayonining o‘zini, ularni bir soha muhitida ikkinchi sohaga olib o‘tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o‘rganish deb qaraydilar. Uchinchi bosqichda tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni analiz qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishga qaratiladi. Bu bosqichda innovatsion siyosat davlat faoliyati bo‘lib qoladi. 181 Pedagogik innovatsion jarayonlarni G‘arbda 50 yillar oxirla- ridan boshlab bizning mamlakatimizda keyingi 10 yillikdan boshlab olimlar maxsus o‘rgana boshladilar. Jahon pedagogik jamoatchiligining qiziqishi maxsus innovatsion xizmat, nashriyot, jurnallar innovatsion maqolalar ko‘rinishida bo‘lyapti. Xususan YUNESKO qoshida ta’limni rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib, dunyodagi turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda ular haqida ma’lumotlar tarqatadi. Bizning mamlakatimizda pedagogik innovatsiyaning rivojla- nishi keng jamoatchi-pedagoglar harakati maktabning tez rivojla- nishiga bo‘lgan talab va uni pedagoglar amalga oshira bilmasliklari o‘rtasidagi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq. Yangiliklarni qo‘llash umumiyligi kengaydi. Shu sababli yangi bilimlarga bo‘lgan talab, yangi “yangilik”, “yangi innovatsiya”, “innovatsion jarayon” tushunchalarini anglash talabi keskinlashdi. Download 2.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling