Umumiy pedagogika


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana12.11.2020
Hajmi0.79 Mb.
#144229
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich sinflarda keys texnologiyasi asosida talim samaradorligiga erishish


1.  Zamonaviylik  ta'lim  amaliyotiga  ilmiy  asoslangan  va  tajriba-  sinovda 

tekshirilgan  didaktikaga  oid  yangiliklar,  tartib-qoidalarni  joriy  etishning 

majburiyligini taqozo etadi. 

2.  O'quv jarayonini maqbullashtirish-kechiktirib bo'lmaydigan masaladir. 

3.  Ilmiylik  ta'limda  yangi  vositalar,  faol  metodlar,  didaktik  materiallarni, 

tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo'llashni taqozo etadi. 



4.  Talaba  va  o'qituvchining  dasturli  faoliyati  o'quv  jarayonidan  jamiki  ortiqcha 

harakatlarini  yo'qotishga,  yuqori  hamjihatlikni  ta'minlashga  va  kerakli 

natijalarni qo'lga kiritishga intilishni ta'minlaydi. 


5.  Ta'limni  faollashtiruvchi  axborot  texnologiyasi  va  texnik  vositalardan 

foydalanish 

samarasini 

belgilaydigan 

didaktik 

materiallardan 

keng 

foydalanish-zamonaviy PT ning eng asosiy belgilaridan biridir. 



6.  O'quv  jarayoni  uchun  moddiy-texnika  bazasining  maqsadga  muvofiqligi  — 

PT ning navbatdagi belgisidir. 



7.  O'quv-tarbiyaviy  jarayon  natijalarini  sifatli  baholash  —  PT  ning  o'z  oldiga 

qo'ygan natijaviy maqsadidir. 

Shunday  qilib,  yuqorida  keltirilgan  fikrlar  tahlili  asosida  quyidagicha  xulosa 

qilish mumkin: 

Pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq 

xususiy  nazariyasiga  ega;  u  birinchi  galda  o'quv-tarbiyaviy  jarayonini  ilmiy  asosda 

qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, 

faol  metodlardan  keng  foydalanishga  asoslangan  o'qituvchi  va  o'quv-  chilarning 

birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. 

Ta'lim  ijtimoiy  tizimning  bir  qismi  bo'lib,  u  o'z  rivojlanishida  jamiyat 

taraqqiyotining 

yo'nalishlariga 

bog'liq 

ravishda 

ro'y 

berayotgan 



aksariyat 

o'zgarishlarga  muvofiq  o'zgara  boradi.  Ana  shu  doirada  innovatsiyalar  ta'lim  oldida 

turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. 

Pedagogik  nazariya  va  amaliyotning  tahlili  shuni  ko'rsatadiki,  ta'lim  sohasiga 

umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir: 

  moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar; 



  ta'lim tizimi to’zilishidagi muntazam o'zgarishlar; 

  ta'lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k. 



Shunday  qilib  yangi  texnik  vositalar  va  yangi  texnologiyalar-ta'limga  yangi 

tartib-qoidalarni  kiritish  uchun  eng  muhim  komponentlardan  biridir.  Biroq  ularni 

qanday  qilib  tatbiq  etish  va  amalda  loydalanishni  bilib  olish,  aslida,  hal  qiluvchi 

ahamiyatga  egadir.  Shuning  uchun  maxsus  tayyorgarlik,  katta  kuch  va  ko'p  vaqt 

sarflash  lozim,  ya'ni  ta'limda  innovatsion  jarayonlarning  tatbiq  qilinishi  bilan 

o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida 



yana  ham  ortadi.  Bu  esa  pedagogdan  o'z  ilmini  yangidan  va  tanqidiy  tahlil  etishni 

talab  etadi.  Chunki  yangi  tartib-qoidalardan  foydalandimi  yoki  axborot  manbai 

sifatida  qolib  ketadimi,  bu  narsa  ayni  o'qituvchiga  bog'liq.  O'qituvchi  o'quv 

texnologiyasining  bevosita  tartib-qoidalariga  jiddiy  tayyorlangan,  yo'l-  yo'riq  olgan, 

moslangan, ruhlangan bo'lishi lozim. 

Pedagogning  ijodiy  potensiali  uning  o'z  ijodkorlik  sifatlarini  shakllantirishga 

intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy  malakasini 

takomillashtirishida,  kutilmagan  vaziyatlarda  topqirlik  qila  olishida,  o'quvchi-

talabalarni komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi. 

Pedagogik  jarayonda  o'zining  yangi  g'oyalarni  ishlab  chiqish  qobiliyatini  doimo 

rivojlantiradigan  va  takomillashtiradigan  o'qituvchi  iqtidorli  hisoblanadi.  Pedagogik 

ijodiyot-o'z  mohiyatiga  ko'ra    yangi  bilimlarni  hosil  qilish  va  takomillashtirish 

bo'yicha  ijodiy  ishining  kasbiy,  maxsus  ifodasidir.  Pedagogik  izlanish  o'qitishda 

doimo  ma'lum  yo'nalishdagi  subyektga  nisbatan  aniqlashtirilgan  bo'ladi.  Pedagogik 

izlanish  natijasida  yangilikning  asosiy  namoyon  bo'lish  shakllari  kundalik  o'quv-

tarbiyaviy  muammolarning  nostandart  yechimlari,  pedagogik  ta'sir  usullarining 

metodik  va  nazariy  jihatdan  mukammal  ishlab  chiqilishi,  ixtiro  etilishi  va 

takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko'rinadi. 

Yangi  ta'lim  tizimi  mazmuniga  o'tmishning qimmatbaho  ma'naviy  qadriyatlarini 

kiritish  va  unutilayozgan  yoki  taqiqlangan  ba'zi  birlarini  qayta  tiklashdan  maqsad 

o'tmish  oldida  egilish  emas,  balki  unga  tayanib,  ijodiy  foydalangan  holda 

rivojlanishning yangi pog'onasiga chiqish demakdir. 

Bugun  biz  yangi  ko'rinishdagi  ta'lim  tizimini  ishlab  chiqishda  Turkiston 

sivilizatsiyasining  eng  ko'p  gullab-yashnagati  davridagi,  ya'ni  VII-XII  asrlardagi 

inchnat  va  kasb  ta'lim  tajribalariga  tayanmog'imiz  lozim.  O'sha  davr  madaniyati  va 

fanining asosini ta'lim tashkil etgan, rivojlanishning eng ynqori cho'qqilariga erishish 

yo'lida  faylasuf  va  pedagoglarning  aniq  va  konseptual  g'oyalari  sliakllangan  edi. 

Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta'lim va tarbiya, ilm  — bu uzluksiz ravishda 

ma'naviy,  jismoniy  va  aqliy  salohiyatini  rivojlantirish  jarayonidir.  O'sha  davr 


faylasuflari  insonning  ma'naviy,  jismoniy  va  aqliy  xususiyatlarini  yakka 

mujassamlikda,  deb  belgilashgan.  Bunday  falsafiy  pedagogik  konsepsiya  ta'lim 

jarayonini  shaxsning  ma'naviy-axloqiy  xususiyatlarini  boshlab  beruvchi  omil  deb, 

e'tirof etadi. Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki 

mehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham o'z aksini topgan edi. 

Masalan,  risola  -  bu  hunarmandlar  va  ularning  o'quvchilari  uchun  mo'ljallangan 

qo'llanma  bo'lib,  unda  urf-odat,  rasm-rusum,  turli  udumlar  majmuasi  aks  ettiriladi. 

Risolalar  kichik  hajmdagi  kitobcha  shaklida  bo'lib  ularning  mazmuni  ushbu  soha 

hunarmandchiligi  bo'yicha  mashg'ulotlar  va  ba'zi  bir  pandu  nasihatlarni  o'zida 

mujassamlashtirgan. 

Shuni  alohida  ta'kidlab  o'tish  joizki,  deyarli  barcha  risolalar  bir  xil  qolipda 

to’zilgan  bo'lib  odatda,  kitobchaning  boshlaridabutun  olam  egasi  bo'lgan  Alloh, 

payg'ambarlar va lining barcha choriyorlarini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu 

hunarmandchilikning Alloh ne'mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadigan 

va  har  bir  xatti-harakati  yoki  lozim  bo'lgan  Qur'on  oyatlari  yoki  jarayondan  oldin 

aytish  lozim  bo'lgan  Qur'on  oyatlari  yoki  boshqa  duolar  usta-hunarmandlarning 

ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi. 

Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunar- mandligida o'ziga xos 

pedagogik  qo'llanma  sifatida  xizmat  qilganligiga,  risolalarda  zamonaviy  til  bilan 

aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'larniz. 

O'zbekiston  mustaqillikka  erishgan  davrda  milliy  mafkurani  shakllantirish, 

yoshlarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  ruhida  tarbiyalash  eng  muhim 

vazifalardan  bo'lib  qolmoqda.  Chunki  davlatning  asosini  ma'naviyat  tashkil  etadi, 

ma'naviyatiga e'tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo'lmaydi. Milliy pedagogika 

tajribalariga  murojaat  qilish  esa  bunday  maqsadlarga  erishishning  asosiy  omillaridan 

biridir. 

Yoshlarni  mustaqil  bilim  olishga  o'rgatish-bugungi  kunning  eng  muhim  va 

dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki. bugungi kunda yoshlarni 

ma'naviy-intellektual  rag'batlantirishning  ahamiyati  kattadir.  Ma'naviy  intellektual 


sifatlarni  zamonaviy  usullarda  aniqlash  tarbiyaviy  jarayonga  samarali  o'zgarishlar 

kiritadi.  O'quvchi  yoshlarning,  talabalarning  ma'naviy-intellektual  shakllanish 

sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi larbiya mazmuni, usullari 

va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va 

talabalarning bilimini, iqliy  holatlarini nazorat  qilish va baholash davlat  miqyosidagi 

muhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi 

bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadi. 

Pedagogika  fani  bilimlarni  o'z  vaqtida  nazorat  qilish  va  baholashning  3  vazifasi 

borligini alohida uqtiradi: 

1. 


O'zlashtirishni  nazorat  qilish  va  baholash  natijalariga  qarab  davlat  ta'lim 

standartlarining  qanday  bajarilayotganligi  to'g'risida  xulosa  chiqariladi  va  galdagi 

vazifalar belgilanadi. 

2. 


Bilimlarni  nazorat  qilish  va  baholash  natijasida  o'quvchi-talabalarda  bilimlar 

yanada kengayadi. 

3.  Ta'lim  sohasidagi  yaxshi  natijalar  yoshlar  tarbiyasiga  ham  ijobiy  ta'sir  ko'rsatadi. 

Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan i .hunch va qiziqishlar paydo bo'ladi. 

Jahonning  ilg'or  tajribalari  va  ko'plab  pedagoglar  mehnatining  natijasi  o'laroq, 

reyting uslubi bugungi kunning cng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi. 

Reyting  deganda  –  baholash,  tartibga  keltirish,  klassifikatsiyalash,  bironta 

hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha baholash tushuniladi. 

Reyting nazoratida test usuli ham samarali qo'llaniladi. 

Test  deganda  aniq  vazifaning  takomillashganlik  darajasini  aniqlash  hamda  sifat 

va  miqdoriy  o'lchamlarda  belgilash  imkonini  beradigan,  faollikning  biron  shaklini 

paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi. 

Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin: 

  nazorat uchun kam vaqt sarflanadi; 



  nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi

  ko'p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin



  bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k. 



Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan. 

Har  bir  fan  bo'yicha  talaba  o'zlashtirishining  sifat  ko'rsatkichlari  ballar  bilan 

ifodalanadi.  Har  bir  semestrdagi  fanlardan  to'plangan  ballar  yig'indisi  tarzida 

talabaning  o'zlashtirishini  baholash  jarayoni  chorak  va  semestr  davomida  muntazam 

ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi: 

  joriy nazorat; 



  oraliq nazorat; 

  yakuniy nazorat. 



Joriy  nazorat  -  bu  o'rganiladigan  mavzularning  o'quvchi,  talabalar  tomonidan 

qanday  o'zlashtirayotganini  dars  jarayonida  muntazam  ravishda  nazorat  qilishdan 

iborat.  Bu  nazorat  o'qituvchi  tomonidan  qanday  o'zlashtirganini  muntazam  ravishda 

dars  jarayonida  nazorat  qilishdan  iborat.  Bu  nazorat  o'qituvchi  tomonidan  o'tkazilib, 

talabaning  bilim  darajasini  shu  fanning  har  bir  niavzusi  bo'yicha  aniqlab  borishni 

ko'zda tutadi. 

Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga 

oladi  va  shu  qism  bo'yicha  talabaning  bilimini  aniqlashga  xizmat  qiladi.  Oraliq 

nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini 

oshirish imkonini beradi. 

Yakuniy  nazorat  -  bu  nazorat  semestr  uchun  belgilangan  mavzular  to'liq  o'qitib 

bo'lingach  o'tilgan  mavzular  bo'yicha  yozma  yoki  og'zaki  usullarda, shuningdek, test 

sinovlari  shaklida  o'tkaziladi.  Talabaning  fan  bo'yicha  semestrdagi  reyting  bahosi 

joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo'yicha aniqlanadi. 

O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish va diploma  oldi  amaliyotlari davrida  olingan 

bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi. 

Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - 

siyosiy  jihatdan  yuksaldi.  Shu  bilan  birga,  O'zbekistonning  rivojlangan  mamlakatlar 

qatoridan  o'rin  olishi  uchun  bugungi  kunda  kelajak  ruhiga  mos  bo'lgan  zamonaviy 

kadrlarga  ham  ehtiyoj  sezila  boshladi.  Mustaqil  davlat  o'zining  muhim  tarixiy 



hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida 

o'rin tutadi. 

Dasturda  e'tirof  etilgan  kadrlar  tayyorlash  tizimini  rivojlantirishning  asosiy 

yo'nalishlarida  shu  narsa  alohida  belgilandiki,  ta'lim  tizimining  yaxlit  axborot 

makonini  vujudga  keltirish  ta'lim  –  tarbiya  dasturlarining  intellektuallashuvini 

ta'minlaydi.  Demak,  yangi  asr-  informatsion  texnologiyalar  asri  bo'lishi  bilan  bir 

qatorda ularning o'quv jaryonlariga keng ko'lamda aralashuvini ham ta'minlaydi. 

Pedagogik  texnologiyaning  paydo  bo’lishi  va  rivojlanishi  .  Respublikamiz 

hukumati  tomonidan  ta'limni  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  ustuvor  sohasi  deb 

e'lon  qilinishi,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarining  demokratlashuvi  va 

insonparvarlashuvi hamda "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi»ning  qabul  qilinishi  ta'lim  tizimining  rivojlanishiga  asos  bo'ldi  va  ta'lim 

tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 

Ijtimoiy voqelik ta'limni boshqarish muammolarini ko'rib chiqish va hal qilishni 

mustaqil  yo'nalish  sifatida  ajratib  olish,  ta'lim-  tarbiya  jarayonini  boshqarishning 

asoslangan  usul,  vositalarini  ishlab  chiqish  va  joriy  qilish  zaruratini  belgilab  berdi. 

Uning  o'qitish,  tarbiyalash  va  rivojlantirish  o'rtasidagi  tashkiliy-boshqaruv,  axborot 

aloqalari;  ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatga  molik  shaxsni  shakllantirishdagi  yaxlit 

jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi. 

Bugungi  kunda  erkin  va  mustaqil  fikrlovchi,  ijtimoiy-siyosiy  hayotda  ongli 

ravishda  va  faol  ishtirok  etishga  qodir  yosh  avlodni  shakllantirish  -  «Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi»ning  asosiy  ustuvor  yo'nalishidir.  Bu  esa  mamlakatning 

ijtimoiy-siyosiy  hayotiga  demokratik  asoslarni  joriy  etish,  fuqarolik  jamiyati  va 

huquqiy  davlat  qurishni  tezlashtirish  imkonini  beradi.  Dastur  ta'lim  muassasalari 

mustaqilligini  kengaytirish  orqali  ta'lim  boshqaruvini  demokratlashtirishni  o'z  ichiga 

oladi. 

O'qish,  o'qitish  —  inson  faoliyatining  boshqa  sohalari  singari  ijtimoiy  foydali 



faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday 

ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi 

bilan  biri  ikkinchisidan  farq  qiladi,  degan  g'oya  o'qish-o'qitish  faoliyatiga  ham 

taalluqlidir. 

Pedagogika  fanida  ta'lim  usullari  rivojlanishiga  shu  nuqtai  nazardan  qarab,  uni 

shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 

1.  Muallim  «o'z  qo'l  kuchi»  bilan  o'qitish  bosqichi,  ya'ni  o'quvchi  uchun  axborot 

manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon. 



2.  O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 

3.  Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich. 

4.  O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash bosqichi. 

5.  O'qitishni  zamonaviy  АКТ  lari  vositasida  boshqarishning  avtomatlashtirilgan 

bosqichi. 

Insoniyatning  rivojlanish  davrlari  almashganda  pedagogik  texnologiyalar 

butunlay  yo'q  bo'lib  ketmaydi,  balki  pedagogik  texnologiyalar  keyingi  davrlarga 

assotsiatsiya  orqali  fikran  bog'lanadi,  yangi  sifatlar,  xususiyatlarga  ega  bo'lib, 

kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. 

Kishilik  tarixida  I-bosqich  uzoq  muddat  davom  etgan.  Unda  o'qituvchi  o'z 

kuchiga,  o'z  bilim  va  mahoratiga  asoslanib  ish  bajargan.  Keyinchalik  dunyoviy  va 

diniy  mazmundagi  qo'lyozma  kitoblar  yaratildi,  lekin  o'quvchi  ularning  mazmunini 

o'qituvchi faoliyati vositasida o'zlashtiradi. 

2-bosqich, ya'ni qog'oz va o'quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo'q 

darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon  mukammal emas. 

Lekin  o'qitishning  1,2,3-  bosqichlariga  xos  ta'lim  vositalari  maktablarga  jadal  kirib 

bormoqda. 

O'quv  adabiyotlarini  joriy  etish  qarama-qarshiliklar  kurashi  natijasida 

sodirbo'lgan.  Keyingi  davrlarda  ham  ta'lim  sohasidagi  jiddiy  o'zgarishlar  kurashsiz 

amalga  oshmagan,  bunday  o'zgarishlar  oson  kechmagan.  Bugungi  kunda  ham                       

l-bosqich  texnologiyasi  ruhida  shakllangan  ayrim  pedagoglarda  keyingi  davrlarda 

vujudga  kelgan  o'quv  vositalarini  o'zlashtirib  olishga,  ta'lim-tarbiya  jarayonini  shu 


asosda  tashkil  etishga  intilish  sust  darajada.  l-bosqich  o'quv  vositalari  o'qituvchidan 

ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmaydi. 

Bu  pedagogik  bosqichlarning  har  birida  ta'lim  metodlari  takomillashtirila  borganligi 

tufayli 


o'qituvchi 

mehnatining 

samarasi 

ortib, 


zamonaviy 

texnologiyani 

qo'llaydiganlar safi kengaya borgan. 

Bugungi  kunda  respublikamizni  rivojlangan  davlatlar  darajasiga  chiqarish 

maqsadida  bir  qator  qonun  va  qarorlar  qabul  qilindi.  Ta'lim  O'zbekiston  davlati 

siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan 

mamlakatlar  darajasida  raqobatbardosh,  yuksak  ma'naviy-axloqiy  fazilatlarni 

egallagan,  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  maqsadi  va  vazifasi  kun  tartibiga 

qo'yildi.  Auditoriyalarga  kirib  o'quv  jarayonini  kuzatgan  kishi  mavjud  pedagogik 

tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. 

Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 

1.  Pedagogik  muloqot  texnologiyasida  o'qituvchi  (pedagog)ning  o'quvchi  –                

talabalar bilan muloqoti. 

Muloqotning vazifalari: 

  shaxsni tanish, axborot almashish; 



  kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish

  muloqotdan olinadigan tasavvurlar; 



  muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish

  pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi;  



  ishga ijodiy yondashish va boshqalar. 

Pedagogik talab texnologiyasi. 

 



«pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari

  xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo’lishi; 



  o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab; 

  pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 



2.  Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. 

  xatti-harakatlardan  olingan  taassurot,  voqelikni,  obyekt  va  subyektni  qabul 

qilish; 

  baho  berish  usullarini  tanlash,  o'qituvchi(pedagog)ning  o'z  imkoniyatini 



tahlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi); 

  -pedagogik baholash texnologiyasi. 



3.  Axborotning ta'sir ko'rsatish texnologiyasi. 

  nutqiy-axborot  berish,  «ratsional  axborot  berish»  tushuncha-  lari, 



demonstratsion  va  ko'rgazmali  vositalar-axborot  olish  vosi-  talaridan  biri 

sifatida; 

  nutqiy  ta'sir  etish,  suhbat,  hamkorlik,  tezis,  argument,  ko'tgazmalar  va 



obrazlar; 

  nutqiy ta'sir etish texnologiyasi



  demonstratsion  va  ko'rgazmali  vositalar,  etik,  iqtisodiy,  este-  tik,  gigienik 

materiallar; 

  qabul  qilishning  fiziologik  va  psixologik  xususiyatlarini  demon-  stratsiya 



qilish texnologiyasi. 

4.  Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi. 



  pedagogik  konflikt  tushunchasi  —  konflikt  pedagogik  texnolo-  giya 

elementi  sifatida,  konflikt  subyektlari  orasidagi  qarama-qarshi-  liklar,  bo'sh 

va mazmunli konflikt



  holat tahlili (voqeani aniqlash); 



  konflikt; 



  konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); 



  konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). 

Pedagogik texnologiyaning qo'shimeha elementlari: 

1.  Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 

2.  Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 

3.  MuvafTaqiyatli va muvafYaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 


4.  O'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 

5.  Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 

6.  Etik himoya texnologiyasi. 

7.  Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 

8.  Pedagogik vosita texnologiyasi. 

9.  Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. 

Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didaktik olim o'z nuqtai nazaridan kelib 

chiqqan  holda  ta'rif  bergan.  Hali  bu  tushunchaga  to'liq  va  yagona  ta'rif  qabul 

qilinmagan.  Ushbu  ta'riflar  ichida  eng  maqsadga  muvofig'i  YUNESKO  tomonidan 

berilgan ta'rif sanaladi. 

Pedagogik  texuologiya  -  ta'lim  shakllarini  optimallashtirish  maqsadida  o'qitish 

va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, 

ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. 

Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta'sir 

natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya 

har  doim  zaruriy  vositalar  va  sharoitlardan  foydalanib,  obyektga  yo'naltirilgan  aniq 

maqsadli amallarni muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. 

Yuqorida  keltirilgan  tushunchalarni  o'quv  jarayoniga  ko'chiradigan  bo'lsak, 

o'qituvchi(pedagog)ning  o'qitish  vositalari  yordamida  o'quvchi-talabalarga  muayyan 

sharoitlarda  ko'rsatgan  tizimli  ta'siri  natijasida  ularda  jamiyat  uchun  zamr  bo'lgan  va 

oldindan  belgilangan  ijtimoiy  sifatlarni  intensiv  tarzda  shakllantiruvchi  ijtimoiy 

hodisa  yoki  boshqacha  aytganda,  o'qituvchi  tomonidan  o'qitish  vositalari  yordamida 

o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat inahsuli sifatida ularda oldindan belgilab 

olingan  shaxs  sifatlarini  shakllantirish  jarayoni  deb  ta'riflash  mumkin.  Professor 

N.Sayidahmedovning  fikricha,  «Texnologiya  —  bu  shaxsni  o'qitish,  tarbiyalash  va 

rivojlantirish  qonunlarini  o'zida  jo  qiladigan  va  yakuniy  natijani  ta'minlaydigan 

pedagogik  faoliyatdir».  Texnologiya  tushunchasi  regulyativ  (tartibga  solib  turuvchi) 

ta'sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi: 





Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling