Umumiy psixologiya fanidan “Evolutsion psixologiyaga kirish”


Psixikaning evolyutsiyasi va vujudga kelishi


Download 56.5 Kb.
bet3/7
Sana17.02.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1209001
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
umumiy 4

1.2. Psixikaning evolyutsiyasi va vujudga kelishi
Ilgari o’tgan va o’zi bilan tengdosh olimlarning asarlari bilan tanisha boshladi. Shularga asoslanib, u organik olam evolyusiyasi haqida dastlab 1842 yili ilmiy asar yozdi va uni yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan asosladi. Nihoyat 1859 yili “Turlarning paydo bo’lishi” degan mashhur asarini nashr ettirdi. U yana bir necha asarlar yozdi. Ulardan “Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o’simliklarning o’zgaruvchanligi” (1868), “Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish” (1871), “O’simliklar olamida chetdan va o’z-o’zidan changlanishning tapsiri” (1876) kabilarni ko’rsatib o’tish kerak. Bu asarlarda olim organik olam evolyusiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o’zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. 1 Tabiiy tanlanish bu asosiy evolyutsion jarayon bo’lib, bunda tarqalish usuli orqali tanlanish holati ro’y beradi, bu holatda albatta maksimal darajada moslashgan turlar ko’proq tanlanadi, aynan zaif turlar nobud bo’la boshlaydi. Zamonaviy sun’iy evolyusiya nazariyasida tabiiy tanlanish adaptatsiyaning rivojlanishini asosiy holati sifatida talqin etilgan. Tabiiy tanlanish moslashishning yagona natijasi hisoblanadi, biroq evolyusiyaning yagona bahonasi emas. Moslashish mumkin bo’lmagan holatlarga biz genetik dref, jahl holati va mutatsiyalarni misol qilishimiz mumkin. Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob rеaktsiyalarini bеrish bilan bog`liq jarayonlarning barchasini o`z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o`zida paydo bo`lib, ongning o`zida tugallanadi dеgan fikrni Sеchеnov mutlako noto`g`ri fikr dеb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kеlmagan natijadan ham darak bеradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob rеaktsiyasini bеrishga xizmat qiladi. Psixik jarayon, ma'lumki o`ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tеgishli bo`lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa kеtishi, qaеrda saqlanishi va qayta ishlanishini ko`rsatuvchi javob rеaktsiyasining boshqaruvchisidir.

Psixik jarayonlar o`z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari dеb nomlangan qismlarga bo`lib o`rganiladi. Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sеzgi, idrok) yoki qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz bеrgan qo`zg`oluvchiga javob tarzida ro`y bеradigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib kеladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra olishga yordam bеradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (tеmpеramеnt, xaraktеr va b.) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar dеganda sеzgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham ta'sir ko`rsatadi. Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir. Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy xodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob'еktiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi, chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat ko`rsatish zarur. Shaxsning individual psixologik xususiyatlari. Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar.(Gippokrat, Ibn Sino qarashlari)


Temperament va uning tiplari.
Qobiliyat va uning xillari.
Xarakter va uning shakllanishi.
Individual xususiyatlarni kasb egallash va mehnat jarayonidagi ahamiyati.
Shaxsning betakror, o’ziga xos sususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar Psixik xodisalar psixik xolatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bir so’z bilan ruhiy, psixik xodisalar deb ataladi. Bular ichida psixik jarayonlar yetakchi va asosiy mazminni kasb etadi. Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaktsiyalarini berish bilan bog’liq jarayonlarning barchasini o’z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o’zida paydo bo’lib, ongning o’zida tugallanadi degan fikrni Sechenov mutlaqo noto’g’ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kelmagan natijadan ham darak beradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaktsiyasini berishga xizmat qiladi. Psixik jarayon, ma’lumki o’ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tegishli bo’lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko’rsatuvchi javob reaktsiyasining boshqaruvchisidir. Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi. Dunyoni odamlarning o’zlari o’zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o’zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning o’zi ham o’zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy-psixologiyasi kishi o’z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to’g’risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yo’naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog’liq bo’lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo’naltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki ko’p darajada anglangan bo’lishi yoki umuman anglanilmagan bo’lishi ham mumkin. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi.
Temperament va uning tiplari Kishi faoliyati natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu xol shaxsning istiqboli deb qaraladi(prespektiva). Temperament lotincha temperamentum-narsalarning tegishli nisbati degan so’zdan olingan.Temperament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan Galen, uchinch asrda yashagan Ibn Sino va boshqalar o’z qarashlarini bildirgan. Galen birinchi bo’lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab o’tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mijoz deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qoni miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog’liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog’liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu tepmeramentning antic davr klassifikatsiyasiga nomi bilan oxshash bo’lishi qabul qilingan. Sangvinik – qon so’zi bilan bog’liq bo’lib, serharakat, kuchli ta’sirlashish, muvozanatsiz bo’lish nazarda tutiladi. Xolerik – sariq o’t organizmda ustun miqdorda bo’lishi asos qilib olinib, ta’surotni tez qabul qilib olish, kuchli qo’zg’alish, terisiga sig’maydigan shoshqaloq odam xususiyati hisoblanadi. Flegmatik – organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko’pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazib bajarishga layoqatli tip. Qadimgi grek faylasuflarining talimotiga ko`ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624-547) yillar ta’lim berishicha, butun mavjudotning shu jumladan, inson tabiatining ham asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug`) shaklida tasavvur qilingan. Anaksimen (e.a. 588-525y) butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo`lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh bu juda siyraklashgan havodir deydi u.Geraklit- Tyomniy (e.a. 544-483y) tabiatning asosi o`t (olov)dir deb hisoblagan .“Hamma narsa olovdan paydo bo`ladi va yana hamma narsa olovga aylanadi”. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi deydi u. Geraklitning fikricha, ruh- bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o`zgarib turadigan asosining - olovning o`tkinchi holatlarining biridir. Hamma narsaning asosi tuproq- uning zarrachalaridir deb hisoblagan mutafakkirlar ham bo`lgan.

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling