Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Idrok haqida tushuncha, idrokning nerv-fiziologik asoslari, idrokning murakkabligi


Download 1.92 Mb.
bet77/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Idrok haqida tushuncha, idrokning nerv-fiziologik asoslari, idrokning murakkabligi.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo`lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko`nikmalar bir davrning o`zida namoyon bo`ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning
yuqori bosqichi esa «appertseptsiya» deyiladi.
Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o`zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o`zining bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o`simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko`rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan (qarindosh-urug`chilik shaklida ko`z o`ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to`liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik kabi sifatlarning ma’nosi o`rnida qo`llanilgan.
Idrokning nerv-fiziologik asoslari.
Psixologiya nazariyalariga ko`ra appertseptsiya xodisasi barqaror va vaqtincha deb yurituvchi ikki ko`rinishga ajratiladi. Barqaror appertseptsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, ideali, pozitsiyasi, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog`liq
bo`lib, u o`ta murakab tuzilishga egadir. Muvaqqat appertseptsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko`rinishdagi xis-tuyg`ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o`z ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar, ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling