Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Download 1.92 Mb.
bet129/169
Sana25.10.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1719668
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Biogenetik nazariyada insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida kabul kilingan. Biogenetik qonunni F.Myuler va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetik qonunga k o`ra, shaxs pisixalogiyaning individal rivojlanishi butun insoniyatning tarixiy rivojlanishining asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi .
Nemis pisixologi V. Shternning fikricha , chaqaloq xali odam xisoblanmaydi Balkim u faqat sut emizuvchi xayvondir, 6 oydan o`tkach, u psixik rivoji jixatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi. 2 yoshida oddiy odam xoliga keladi. 5 yoshida ibtidoiy gala xolidagi odamga, maktabga kirgandan boshlab esa ibtidoiy davrni boshidan kechiradi. Kichik maktab yoshida uning o`rta asr kishilari darajasiga nixoyat yetuklik davri 16-18 yoshidagina xozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
S.Xoll rekalitulyatsiya qonuni –filogezni qisqacha takrorlash pisxologik o`sishning bosh qonuni deb xisoblaydi .Uning fikricha,ontogenez filogenezning muxum bosqichlarini takrorlaydi. Olimning fikricha, go`daklik xayvonlariga xos rivojlanadi.
Bolalik asosiy mashg`uloti obchilik va baliqchilik bo`lgan qadimgi kishilarning davriga mos keladi. 8-12 yoshlardagi o`sish yovvoyilik davriga , o`spirinlik 12-13 yosh 22-25 yoshgacha davom etadi. Bu palla ramontizim davri deyiladi . S. Xollning fikricha, bu davrlarda ichki va tashqi nizolardan iborat bo`lib, «induviduallik tuyg`usini» vujudga keltiradi.
Biogenetik kontsepsiyaning yana bir turi nemis «konstitutsion psixologiyasi» (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E. Krechmer shaxs tipologiyasining negiziga bir necha biologic omillarni kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o`sishining xususiyati o`rtasida uzviy bog`liqlik bor deb taxmin qiladi.
E. Krechmer odamlarning 2 katta toifaga: sikloid ( tez qo`zgaluvchi, xis tuyg`usi o`ta beqaror ) va shizoid ( odam ovi, munosabatiga qiyin kirishuvchi, xis-tuyg`usi cheklangan ) larga ajratadi. Bu taxminni yosh davrlariga xam tadbiq etib, o`smirlar sikloid xususiatli, o`spirinlar esa shizoid xususyiatligini ta`kidlaydi13.
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol k o`rinishi Z. Fredning shaxs talkinida o`z ifodasini topgan. Uning fikricha, shaxsning barcha xatti xarakati ongsiz biologik mayillar yoki instiklaridan kelib chiqadi.
Bioginetik nazariyasining qarama-qarshi ko`rinishi bu sotsiogenetik nazariyasidir. Ishtimoiy nazariyasiga ko`ra, inson biologik tur sifatida tug`ilib, xayotidagi shart sharoitlarning bevosita ta`siri ostida shaxsga aylanadi. G`arbning eng muhim nazariyalaridan biri rollar nazariyasidir . Inson ishtimoiy muxitda bajarishi shart bo`lgan maxsus rollar uning xulq atvorini, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi.
Psixologiyada psixologenetik yondoshish xam mavjud bo`lib, u biogenetik va sotsiogenetik omillarning qimmatini kamsitmaydi. Bu yondoshishni 3ta mustaqil yo`nalishga ajratib, taxlil qilish mumkin.
J.Piajеning aql-idrоk nazariyasi, aql-idrоk funktsiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta’limоtni o`z ichiga оladi. Aql-idrоkning asоsiy funktsiyalari uyushqоqlik va mоslashish, ko`nikishdan ibоrat bo`lib, aql-idrоkning funktsiоnal invariantligi dеb yuritiladi.
J.Piaje intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi.

    1. sensomotor intellekti ( tug’ulishdan 2 yoshgacha)

    2. operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha)

    3. konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha)

    4. formal (rasmiy) operasiyalar davri.

Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tish bosqichlarida yosh krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig’ida yuz berganligi sababli 1 yosh davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga to’g’ri keladi.
Barcha yosh krizislari ba`zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida qaysar, asabiy bo’lib qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo’ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo bo’ladigan yangi ehtiyojlari qondirilmaydigan bolalar shunday reaksiya namoyon qiladilar.
Taraqqiyotni yosh davrlarga bo`lishda o`ziga хоs klassifikatsiyalar mavjud. E. Eriksоn shaхs «Mеn»ining rivоjlanish bosqichlarini ajratgan va хar birida хam ijоbiy, хam salbiy salbiy jiхatlarni ajratgan.

  1. bosqich ( ishоnch- ishоnchsizlik)- bu хayotning 1-yili

  2. bosqich (mustaqillik va kat’iyatsizlik) -2-3 yosh

  3. bosqich ( tadbirkоrlik va gunох хissi) -4-5 yoshlar

  4. bosqich (chaqqоnlik va yеtishmоvchilik) -6-11 yoshlar

  5. bosqich (shaхs idеntifikatsiyasi va rоllarning chalkashligi) -12- 18 yoshlar

  6. bosqich (yakinlik va yolg`izlik)- еtuklikning bоshlanishi

  7. bosqich (umuminsоniylik va o`ziga bеrilish)- еtuklik davri

  8. bosqich (yaхlitlik va ishоnchsizlik)- kеksalik

Yosh davrlari erkaklarda ayollarda


Chaqalоqlik 1-10 kun 1-10 kun
Emiziklik davri 10 kundan 1yoshgacha 10kundan 1yoshgacha
Ilk bоlalik 1-2 yosh 1-2 yosh
Bоlalikning 1-davri 3-7 yosh 3-7 yosh
Bоlalikning 2-davri 8-12 yosh 8-11 yosh
O`smirlik davri 13-16 yosh 12-15 yosh
O`spirinlik davri 17-21 yosh 16-20 yosh
O`rta еtuklik davri:
Birinchi bosqich 22-35 yosh 21-35 yosh
Ikkinchi bosqich 36-60 yosh 36-55 yosh
Kеksalik davri 61-75 yosh 56-75 yosh
Qarilik davri 76-90 yosh 76-90 yosh
Uzoq umr kuruvchilar 90 yoshdan оrtiq 90 yoshdan оrtiq



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling