«umumiy psixologiya» fanidan «tafakkurning krossmadaniy tadqiq etilishi»


Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar


Download 69.08 Kb.
bet4/7
Sana28.01.2023
Hajmi69.08 Kb.
#1135169
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eshonqulov M

1.2 Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar

Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma'lumotlar zahirani to’plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.


Tafakkur nazariyalari:
- Kayanella nazariyasi- tafakkur jarayoni va tafakkur mashinasi haqida ocherk –Bu nazaryiga kura tafakkur jarayoni va psixolik talqin bilan o`zora tenglashadi.
- Natural nutq va tafakkur nazariyasi .Bunga ko`ra inson bosh miyadagi tilni boshqaruvchi va tashqi muxit aloqasi tafakkur jarayonida aks etadi.
-Aniqlanmagan tafakkur nazariyasi –bunda aniqlanmagan fikrlar haqida gap ketadi.
-Linvistika nazariyasi bu fikr materiali sifatida tafakkurning asosini sintaktik va lingvistik jarayonlar belgilaydi.1
Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealaming mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.
Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasawurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasvvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi.
K.RMegrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas.
Psixoloiya taraqqiyotida Jan Piaje tafakkurni inson tug’ilishidan boshlab to qarigunga qadar bulgan har bir bosqichni o`rganib chiqqan. U o`z nazariyasiga ko`ra tafakkurni borliqni tashqi muxitni anglash bilan asoslanadi.
Jan Piaje shunday ta`rif beradi: Borliqni anglash bosqichlari mavjud har bir bosqich o`zining fikrlash doirasidagi harakat obyektlari sxemasi mavjud buladi. Har bir bosib o`tilayotgan bosqich oldingi bosqich sxemasiga zarurat extiyoj sezdirmaydi ya`ni buning natijasi shuni ko`rsatadiki eng mukamal fikrso`ngi bosqichda paydo bo`ladi va har bir bosqichni takomillashib borganda bir birini farqlab boradi.
Har bir alohida shaxs ijtimoiy tushunchalar, tasavvurlar yordamida fikrlaydi. K.R.Megrelidze inson fikrining ijtimoiy ekanligini qayta-qayta talcidlaydi. Fikrlar va g’oyalar erkin individual ijodning mahsuli emas, balki individning o’zi kabi jamiyat va ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Shuning uchun inson tafakkuri tafakkur bosqichlari, inson tafakkurining shakllari va usullari haqidagi jumboqning yechimini mantiqiy izlanishlardan an'anaviy psixologiyadan emas, balki avvalo bu g’oyalaming ijtimoiy kelib chiqishidan izlash kerak. U yoki bu individ jamiyatda yttilgan ijtimoiy g’oyalaming tasodifiy ifodalovchisi bo’lib qoladi.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. lnformatsion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga
oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur”. Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalami sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi.
Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkumi hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga, ya’ni sezgi va tasawurlarga ajratib o’rganishda rasional bosqichdagi murakkab jihatlardan mexanik raviShda vujudga keladi, deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo’l bilan isbotlashga harakat qildilar. Olib borilgan tadqiqotlami o’zlarining ustilarida o’tkazib, natijalarni ob'ektiv bo’lishiga kamroq e’tibor berganlar.
Vyursburg maktabi namoyondalari tafakkumi alohida mustaqil bilish faoliyati sifatida aniq ko’rsata bildi. Biroq tafakkumi amaliyotda nutqdan va hissiy obrazlardan qat'iy ajratib tashladilar. Vyursburg psixologiya maktabi namoyondalaridan biri O.Zels tafakkumi intellektual operasiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o’z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo’sinda shakllanishini kuzatish, intellektual faoliyat bosqichlarini ko’rsatish aqliy faoliyatning produktiv va reproduktiv ko’rinishidagi ziddiyatlami bartaraf qilish vazifasini qo’ydi. O.Zels masala yechish jarayonini o’rganishda umumiylikka ega bo’lgan masalani vujudga keltirish bosqichlariga alohida e'tibor berib» elementlar bilan predmetlar munosabatini ajratib ko’rsatadi. Buning natijasida muammo kompleksi namoyon bo’ladi. Kompleks o’z ichiga ushbu jihatlami qamrab olishi nazarda tutilgan: a) ma'lumnmg tavsifnomasini bo’laklarga ajratish; b) qidiriluvchi noma'lumning o’mini aniqlash; v)noma'lum qidiriluvchi bilan ma'lum o'rtasidagi munosabatlarni ajratib ko’rsatish. Shunday qilib, Vyursburg psixologiya maktabining namoyondasi O.Zels psixologiya tarixida birinchi bo’lib tafakkumi jarayon sifatida ekspremental metodlar bilan tadqiq qilgan, intellektual operasiyalar va ularning tarkibiy qismlarini nazariy va amaliy jihatdan ta’riflab bergan, izchil ilmiy metodlarga asoslanib, o’rganishga butun vujudi bilan intilgan psixologdir. Germaniyada psixologiyaning geshtalt psixologiya yo’nalishi vujudga keldi.
Uning ko’zga ko’ringan namoyondalari qatoriga X.J.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K-Kofka (1886-1941) va boshqalar kiradi. Geshtaitchilar fikriga qaraganda, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlami birgalikda aks ettirishdan ko’lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtaltchilaming aksiomatik xarakterga ega bo’lgan ushbu tezislari mazkur ta’limot g’oyasini ochib berishga xizmat qiladi, alohida olingan qism va elementlaming yig'indisi yaxlit tuzilish mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit tuzilma qism va eiementlaming xususiyatlari va xossalarini belgilab beriShga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlaming boSh mohiyati ulaming sezgilarga o’xshash alohida elemetlari emas, balki konfigurasiya shakl yoki geshtaltchilaming yaxlit yaratishidan iborat. Geshtaltpsixologiyada tafakkur muammosining tadqiqoti keng qamrovli tarzda olib boriladi. Jumladan, V.Kelyor antropoidlaming intellektual harakatlarini eksperimental o’rganish natijasida yuqori darajada taraqqiy qilgan maymunlaming aqliy harakatida inson harakatiga xos o’xshashlik borligi to'g’risida xulosa chiqaradi. V.Kelyoming fikricha, topshiriqni yechish mexanizmi quyidagilardan iborat: organizmning optik maydonidagi vaziyatlaming muhim elementlari bir butunlikni, ya'ni vaziyat elementlariga, geshtalt ichiga kirib, geshtaltda qaysi joyni egallashga bog’liq ravishda yangi ahamiyat kasb etadi. Vaziyatning muhim elementlaridan namoyon bo’luvchi geshtaitchilar muamoli vaziyatda organizmda ba'zi bir zo’riqishlar ta’sirida vujudga keladi, topshiriqni yechish muammoli vaziyatning qismlari yangi geshtaltda yangi munosabatda idrok qilina boshlaganida tugallanadi. Masalani yechish aniq qadamlami yuzaga keltiruvchi geshtalt sifatida maydonga chiqadi. Geshtaltchilaming ayrimlari "yo’nalish" atamasini qo’llab, uni o’tmish tajribasi bilan bog’lashga intiladilar. Shuningdek, ular "tafakkurning evrestik metodlari” to’g’risidagi tushunchadan ham foydalanadilar. Bunda materialni, qo’yilgan maqsadni, konfliktli holatlami tahlil qilishni nazarda tutadilar. Geshtaitchilar tafakkur psixologiyasining qator muammoiarini ko’tarib chiqadilar, chunonchi yodiv tafakkurning o’ziga xosligi, tafakkur jarayonida yangilikning vujudga keliShi, bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish jarayonida asta-sekin va birdaniga yechish yolini qo’llash kabilar. Tafakkumi psixologik o’rganishda funksional rivojlanish g’oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham ma'lum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi.
Shunga qaramasdan V.Kyoler M.Vertgaymer K.Dunkerlarnmg eksperimental tadqiq otlari tafakkurning asosiy mexanizmlari dan biri bo'lgan predmetlami yangi aloqalar va munosabatlarga fikran jihatini ochishni aniqladilar. Ammo ular ham mazkur muammoli vaziyatda individning amaliy va nazariy aqliy faoliyatlari rolini mutlaqo tan olmadilar.
Amerika psixologiyasida vujudga kelgan bixeviorizm yoki xulq psixologiyasi oqimi o’tgan asming oxirlaridan boShlab hukm surib kelmoqda. Bixeviorizm oqimining asoschilari amerikalik psixologlar Dj.Uotson (1878-1958) va E.Torndayk. (1871-1949) lardir. Keyinchalik bular qatoriga K.Levin (1890-1957) A.Vays (1974-1931) va boshqalar kelib qo’shiladilar. Ma'lum davrgacha mazkur oqim psixologiya olamida dominantlik rolini o’ynaydi. hozirgi davrda bu oqim bir necha mustaqil psixologik maktablarga ajraiib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm nafasi urib turadi. hammasi uchun umumiy formula S-R, ya'ni stimulreaksiya xizmat qilib kelmoqda.
Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she’rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub’ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yorti unutilgan She'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj.Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi. chunki She'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi. Dj.Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojianishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan.

Download 69.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling