Umumiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari


Tadqiqot ishlarining birinchi – tashqiliy guruhi


Download 71.16 Kb.
bet2/6
Sana03.11.2023
Hajmi71.16 Kb.
#1741970
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 mavzu umumiy psixologiya

Tadqiqot ishlarining birinchi – tashqiliy guruhi o‘z ichiga qiyoslash, longityut (uzluksiz), kompleks (ko‘pyoklama) deb atalgan turlarni oladi.
Tadqiqot metodlarining ikkinchi guruhi empirik metodlardan iborat bo‘lib, unga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so‘rov, sotsiometriya, suhbat, intervyu, faoliyat jarayoni va uning mahsulini tahlil qilish, biografik kabilar kiradi.
Tadqiqot metodlarining uchinchi guruhiga statistik (miqdor) va psixologik (sifat) metodlari kirib, ular olingan natijalarni qayta ishlashga mo‘ljallangandir.
Ilmiy tadqiqot metodlarining to‘rtinchi – sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
Qiyoslash metodidan umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiyada katta yoki kichik guruhlarni hamda ularning har xil toifalarini o‘zaro taqqoslash uchun,medisina psixologiyasida – sog‘lom va bemor kishilaming psixik xususiyatlarini qiyoslash maqsadida, sport psixologiyasida sportchilaming holati, o’quvliligini va ishchanligini o’zaro taqqoslash maqsadida foydalaniladi.
Qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlaming bilish jarayonlari shaxs xususiyatlari, bilimlami o’zlashtirish, aqliy qobiliyati, salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslaming tafovutlari va o’ziga xosligini o’rganishda qo’llaniladi. Psixologlardan L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananev, D.B.Elkonin, P.Galperin va ularning shogirdlari olib borgan tadqiqotlar (chaqaloqlik, go’daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o’smirlik, o’spirinlik yosh davrlarini o’zaro solishtirish) shu metoddan foydalanib amalga oshirilgan.
Longityud metodining boshqa metodiardan farqi bir yoki bir nechta sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o’n yillab tekshiriladilar. Longityud metodidan nemis psixologi V.Shtem, fransuz psixologi R.Zazzo, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va boshqalar ko’p yillardan beri foydalanmoqdalar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Hasan-Husan, Fotima- Zuhra yoki aralash jinsli Hasan - Zuhra, Fotima- Husan) egizaklar kuzatilgan. Longityud metodi yordamida sub'ektiv omillaming o’ziga xosligini ob’ektiv shart - sharoitlari va
ijtimoiy muhitning sinaluvchiga ta’siri o’rganiladi. Chunonchi egizaklaming o’xshashligi va tafovuti, ta'sirlanishi, his-tuyg’uni o’zgarishi kishilar o’rtasidagi individual farqlar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati tizimi va hokazo) bo’yicha ma’lumotlar olish longityud metodi orqali amalga oshiriladi.
Kompleks metodi yordamida o’rganilgan ob'ektdagi o’zgarishlar turli nuqtai - nazardan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlami o’zlashtirish xususiyati psixologik jihatdan tekshirilayotgan bo‘lsa, kompleks yondashish ta’sirida ana shu o’zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o‘rganish, uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarini yoritishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqot metodlarining uchinchi guruhi natijalami qayta ishlash bo‘lib, ular statistik (miqdor) va psixologik (sifat) tahlil turlariga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqot metodlarini sharhlash guruhi genetik va donalash metodlaridan iboratdir.
Genetik metod bilan tadqiqot davomida tugallangan ma'lumotlar yaxlit holda, maqsadga muvofiq tarzda sharhlanadi. Bu metoddan foydalanishning asosiy maqsadi sinaluvchida vujudga kelayotgan ichki, jamiki obrazlaming rivojlanishi, faoliyat va bilish jarayonlarining o‘zgarishiga tajriba natijasiga suyanib ta'rif va tavsif berishdir. Shuningdek, bunda mazkur fazilat va xususiyatiaming namoyon bo’lish davri. bosqichi hamda ba’zi mashaqqatli daqiqalarga, holatiarga qo’shimcha sharhlar berish imkoniyati tug‘iladi.

Download 71.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling