Umumiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari
Download 71.16 Kb.
|
2 mavzu umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi
- Kuzatish metodi
- So‘rov metodi
Yordamchi metodlar
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o‘rganishda foydalanildi. Uning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzu o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan bog’liq savol-javob tariibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma’lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlami o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aqi-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi. Suhbat chog‘ida o‘zaro izchil bog‘langan savollar beriladi. Suhbat metodidan to‘g‘ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat o‘tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog‘liqdir. Suhbat metodi quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi. O‘tkazilgan suhbatning mavzusi va mazmuni sinaluvchining taraqqiyot darajasi hamda yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Suhbat paytida sinaluvchilarga berilgan savollar mazmunan yaxshilab o‘ylab olinishi lozim. Suhbat paytida berilgan savollarga "ha", "yo’q" kabi qisqa tarzda emas, balki batafsil javob olishga erishish kerak. Sinaluvchilar zerikib yoki toliqib qolmasliklari uchun suhbat qaddan tashqari cho‘zilib ketmasligi lozim. Suhbat metodining yuqorida ta‘kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Takrorlangan so’zlar, "galiz" iboralar nutqning teziigi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod faoliyat psixologiyasida keng qo’llaniiadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallami qo’llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob’ekt bilan sub'ekt o’rtasida muloqot o’matish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan ma'lum hukm, xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolaiar, o’quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risida ma'lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishiar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi www.ziyouz.com kutubxonasi ч yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodiardan ham foydalanish ma'qul. Test metodi - "Test" inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli zaiflami aniqlashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik materiallaming ob’ektivligi va ulami ilmiy tahlil qilishga bog’liqdir. 1905 yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qo’Ilana boshladi. Biografiya (taijimai hoi) metodi - inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilaming tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan taijimai hoi haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar o’rganilayotgan shaxsni to’liqroq tasawur etishga xizmat qiladi. Taijimai hoi ma'lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlami kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi. So’rovnoma So’rovnoma metodi - psixologiyada keng qo’llaniladigan metodiardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlaming psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga munosabatlari o’rganiladi. So’rovnoma odatda 3 xil tuzilishda bo’ladi. Ularning birinchisi anglangan motivlami aniqlashga mo’ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savoining bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi turida sinaluvchiga yozilgan to’g’ri javoblami ballar bilan baholash tavsiya etiladi. So’rovnomadan turli yoshdagi odamlaming layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o’ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi. Sosiometrik metod. Bu metod kichik guruh a'zolari o’rtasidagi bevosita emosional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Bunga Amerikalik sosiolog Dj.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruh a'zolarining bir-birlari bilan munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi so’raladi. Olingan malumotlar matrisa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlar guruhdagi kishilaming shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasawur hosil qiladi. Bu ma'lumotlar guruhiy munosabatlaming tashqi ko’rinishini aks ettiradi. Shuning uchun hozir Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sosiometriyaning yosh davri psixologiyasiga moslab o’zgartirilgan yangi turiari ishlab chiqarilgan. Bular shaxsning bir-birini tanlash motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sosiometriyaning Ya.M.Kolominskiy ishlab chiqqan www.ziyouz.com kutubxonasi o’zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to’laroq axborot beradi. Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usulidir. O‘z-o‘zini kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki xodisani o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko‘pincha biror ijtimoiy xodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilganda qo‘llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashqil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo‘lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo‘lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashqil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashqil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim xodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo‘lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi-ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo‘ladi va faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko‘rsatkichlarni qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog‘liq bo‘lgan jihatlar, yana to‘plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda taxlil qilish xavfi bo‘lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. So‘rov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo‘ladi. Og‘zaki so‘roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rgach so‘roq o‘tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo‘lmasa, so‘rov o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‘rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo‘lgan noyob ma’lumotlarni to‘plash imkoniga ega bo‘ladi. Download 71.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling