Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, metodlari


Download 0.8 Mb.
bet2/5
Sana20.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1285209
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу психология (сиртқи)

Psixik xususiyatlar

  • Shaxsning individual psixologik xususiyatlari bo’lib, ular bir kishini boshqalardan ajratib turuvchi, ular faoliyatining tipologiyasi, o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
  • Psixik xususiyatlarga temperament, xarakter, qobiliyatlar kiradi.

Psixik holatlar

  • Psixik holatlar turli tashqi va ichki omillar ta’siri ostida yuzaga keladi va faoliyatning (o’qish, mehnat, o’yin) samaradorligiga ta’sir qiladi.
  • Shu bilan birga psixik holatlar ma’lum faoliyatning natijasiga munosabat oqibati shaklida ham yuzaga keladi. Psixik holatlarga toliqish, bezovtalik, g’azab, stress, monotonlik, depresiya, affekt, kayfiyat va boshqalar kiradi.

Psixologiya fani oldida ham nazariy, ham amaliy vazifalar turadi.

  • Nazariy vazifalari:
  • – psixik hodisalarning paydo bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish;
  • – uning mexanizmlari va qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish;
  • – psixik jarayonlarni fiziologik jarayonlar bilan birga talqin qilish;
  • –psixik hodisalarni hayotda, amaliyotda, turli faoliyatlar jarayonida paydo bo‘lishi omillarini o‘rganish;

Nazariy vazifalari:

  • – intellekt (zehn, aql, idrok), abstrakt tafakkur qilish qobiliyatini shakllanishini tezlatish muammosini hal qilish;
  • – insonda «mudrab yotgan layoqatlarni qobiliyat darajasida shakllanishini ilmiy asoslab berish»;
  • – yangicha fikrlash, ya‘ni yangicha tafakkur qilishning psixologik masalalarini yoritib berish.

Psixologiyaning amaliy vazifalari

  • Psixologik bilimlarni keng jamoatchilik ommasiga yetkazib berishdan iboratdir.
  • Turli yoshdagi bolalarning yoshlik va individual farqlarini ajratish, ularga individual munosabatda bo‘lish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, yakka bola tarbiyasi, tarbiyasi qiyin bolalarga o‘zaro munosabat, turli yot oqimlarga kirib ketuvchilar bilan ishlash, sust o‘zlashtiruvchi bolalar bilan ishlash, psixik rivojlanishida orqada qolgan, psixik taraqqiyoti tutilib qolgan yoki rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash kabi masalalarda ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan keng jamoatchilikni, ota-onalar, mahalla faollarini bahramand qilishdan iboratdir.
  • XX asrning 30-yillarning o‘rtalariga kelib psixologiya fanining asosiy printsiplari: determinizm printsipi, ong va faoliyatning birligi printsipi, psixikaning faoliyatda taraqqiy etish printsiplari aniq ifodalab berildi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling