Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari, metodlari


Download 0.8 Mb.
bet3/5
Sana20.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1285209
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 мавзу психология (сиртқи)

Determinizm tamoyili

  • Bu tamoyilga binoan psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi. Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan psixika ham o‘zgaradi. Inson tug‘ilgandan keyin qanday sharoitda yashasa, unga yashash muhiti qanday ta‘sir qilsa, qanday ta‘lim-tarbiya olsa u shu sharoit, muhitda shakllanadi, uning ongi ham shu muhit ta‘sirida rivojlanadi. Shuningdek, ijtimoiy tarixiy xarakterga ega ekanligini tushunish inson ongining ijtimoiy turmushga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Insonning yashagan muhiti uning ongini qanday rivojlanishiga ta‘sir qiladi. U shu muhitda shakllanadi.

Ong va faoliyatning birligi tamoyili.

  • Bu tamoyilga binoan ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham emas, aynan bir narsa ham emas, ular bir butunlikni tashkil qiladi. Inson faoliyat ko‘rsatar ekan uning mazmunini, motivlarini, qanday bajarish kerakligini ongida rejalashtiradi va ular yordamida tevarak-atrofni qurshab olgan muhit bilan munosabatga kirishadi.
  • Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarning faoliyatni o‘rganish orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadga muvaffaqiyatli erishishini ta‘minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni, ya‘ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi

Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi tamoyili.

  • Bu tamoyilga binoan psixika va ong faoliyatda rivojlanadi va u faoliyat natijasidir. Insonning psixik taraqqiyoti o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyati bilan bog‘liqdir. Bu faoliyatlarsiz psixik taraqqiyotni tasavvur qilish mumkin emas.
  • Bola ta‘lim jarayonida psixik taraqqiyotning yakka shakllarini mustaqil, faol fikr yuritish, mavhum fikrlash kabilarni egallaydi.
  • Demak, ong faoliyatda namoyon bo‘lib, faoliyatda tarkib topadi.

Psixologiya o‘zining o‘rganish va tekshirish metodlariga egadir.

  • 1. Guruh metodlariga tashkiliy metodlar kiradi: taqqoslovchi, longityud, kompleksli metodlar kiradi.
  • Taqqoslovchi metod- hozirgi vaqtda umumiy psixologiyada, ijtimoiy psixologiyada, patopsixologiyada va defektologiyada keng qo‘llaniladi. Logityud metodida - bir shaxs bir necha marotaba uzoq vaqt davomida tekshiriladi.
  • Kompleks metodida- hozirgi sharoitda tadqiqotda har xil fanlarning nomzodlari ishtirok etadi. Bunda bitta ob‘ektni har xil vositalar yordamida o‘rganiladi. Bunday o‘rganish usuli har xil xodisalarning bir-biriga bog‘likligi va aloqasi o‘rganiladi. Masalan: shaxsning
  • fiziologik, psixologik va ijtimoiy rivojlanishidagi aloqasi.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling