Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish tartibi


Download 154.93 Kb.
bet60/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

141-modda. Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarish tartibi
Ta’tillar muddatini ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarishda ularning muddati har bir to‘liq ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.14-bandi.
142-modda. Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish
Yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiradi:
ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin uning ish joyi (lavozimi) saqlangan vaqt, bundan bolani parvarishlash uchun qisman haq to‘lanadigan ta’til va ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko‘p bo‘lgan ta’tillar mustasno;
mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi natijasida qilingan haq to‘lanadigan majburiy progul vaqti, basharti xodim keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan bo‘lsa;
tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o‘zga lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa davrlar.
Jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida, mehnat shartnomasida xususan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan muddati ikki haftadan ko‘p bo‘lgan ta’til vaqtini ham yillik asosiy ta’tilni olish huquqini beradigan mehnat stajiga qo‘shish nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda yillik qo‘shimcha ta’tillarni olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarishning alohida qoidalari nazarda tutilishi mumkin.
(142-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 4.14-bandi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling