Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar
-modda. Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi
Download 154.93 Kb.
|
MEHNAT KODEKSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 262-modda. Mehnat nizolari komissiyalarini tuzish
- 263-modda. Mehnat nizolari komissiyasining vakolati
- 264-modda. Yakka mehnat nizolarini komissiyada ko‘rib chiqish tartibi
261-modda. Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi
Yakka mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi, mehnat nizolariga doir ishlarni tuman (shahar) sudlarida ko‘rib chiqish tartibi esa, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi. 262-modda. Mehnat nizolari komissiyalarini tuzish Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari komissiyalarini tuzish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat nizolari komissiyalari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan tenglik asosida tuziladi. Komissiyaga kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organidan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili esa, uning buyrug‘i bilan tasdiqlanadilar. Mehnat nizolari komissiyalarining son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining kelishuviga binoan belgilanadi. 263-modda. Mehnat nizolari komissiyasining vakolati Basharti xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko‘radi, ko‘rib chiqishning o‘zgacha tartibi belgilangan mehnat nizolari (269, 276-moddalar) bundan mustasno. 264-modda. Yakka mehnat nizolarini komissiyada ko‘rib chiqish tartibi Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizosini ariza berilgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida ko‘rib chiqishi shart. Nizo ariza bergan xodimning ishtirokida ko‘riladi. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko‘rib chiqishga uning yozma arizasi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Basharti xodim uzrsiz sabab bilan komissiya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko‘rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi. LexUZ sharhi Qarang: Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalari (ro‘yxat raqami: 746, 14.06.1999-y.) 5.4-bandi. Xodim, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi ko‘rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega. Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. Majlisda komissiyaning ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organi vakillaridan iborat teng miqdordagi a’zolari ishtirok etishlari kerak. Mehnat nizolari komissiyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoki xodimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat bajaradilar. Bunda bir majlisning o‘zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas. Komissiyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayinlanadi, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi. Mehnat nizolari komissiyasining majlisida bayonnoma yuritiladi. Download 154.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling