Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va xodimni boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar yuzasidan qaror qabul qilish


Download 154.93 Kb.
bet113/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

271-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi va xodimni boshqa ishga o‘tkazish haqidagi nizolar yuzasidan qaror qabul qilish
Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan yoxud xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganligining qonuniyligi yoki qonuniy emasligi haqidagi masala hal qilinayotganda, sud xodim bilan mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganligining asosliligiga baho berib o‘tadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori.
G‘ayriqonuniy ravishda sudlanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki g‘ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan ishdan (lavozimdan) chetlatilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi lozim, buning imkoniyati bo‘lmaganda esa (korxona tugatilganligi, shtatlar qisqarganligi) yoki ishga (lavozimga) tiklash uchun monelik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, unga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 310-moddasi.
272-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifini o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifi noto‘g‘ri yoki amaldagi qonunchilikka nomuvofiq deb topilgan taqdirda, sud uni o‘zgartiradi va hal qiluv qarorida qonunning tegishli moddasi (bandi) ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish sababini amaldagi qonunchilikka aniq muvofiq qilib ko‘rsatadi. Sud ayni bir vaqtda qonunchilikda nazarda tutilgan kafolatlar berilishi to‘g‘risidagi va xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani hal qiladi.
(272-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67, 109, 237, 246-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 49-moddasi..
Xodimning iltimosiga ko‘ra sud mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini uning o‘z xohishiga binoan yoki taraflarning kelishuvi bo‘yicha deb o‘zgartirilganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish bilan cheklanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarori 50-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Basharti xodim mehnat shartnomasini bekor qilishning ta’rifi o‘zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblasa, u holda tuman (shahar) sudi nizoni ko‘rish bilan bir vaqtda, xodimning talabiga ko‘ra, unga yetkazilgan ma’naviy zararni to‘lash masalasini ham hal etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi II bo‘limining 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 7-sonli “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling