Umumiy qism I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar


-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash


Download 154.93 Kb.
bet92/122
Sana18.06.2023
Hajmi154.93 Kb.
#1588025
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122
Bog'liq
MEHNAT KODEKSI

217-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazli sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo‘lgan xodimlar belgilangan normalar bo‘yicha:
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
gazli sho‘r suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar.
Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarini qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish” dasturining III bobi (“Yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berish normalari”).
218-modda. Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazish
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga o‘tkazishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 43 va 44-bandlari.
Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda shunday ishga o‘tkazilgan kunidan boshlab ikki hafta mobaynida xodimlarning avvalgi o‘rtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli kamroq haq to‘lanadigan boshqa ishga vaqtincha o‘tkazilgan xodimlarga shu ishga o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish haqiga qo‘shilganda xodimning avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Basharti kasallik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda ish beruvchi boshqa ish topib berolmagan bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002-y.) 9-bandining “d” kichik bandi va “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2667, 17.04.2015-y.) 43-bandi.
Ish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi munosabati bilan vaqtincha kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilgan xodimlarga ularning sog‘lig‘i shikastlanganligi uchun javobgar bo‘lgan ish beruvchi avvalgi ish haqi bilan yangi ishda oladigan ish haqi o‘rtasidagi farqni to‘laydi. Bunday farq mehnat qobiliyati tiklangunga qadar yoki nogironligi belgilangunga qadar to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning 20-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda sog‘lig‘i holatiga ko‘ra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’sirini xoli etadigan kamroq haq to‘lanadigan ishga o‘tkazilganda avvalgi o‘rtacha oylik ish haqini saqlab qolishning yoki davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lab turishning boshqacha hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
(218-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 169-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarga beriladigan haq-huquqlar, pul kompensatsiyalari va imtiyozlar ro‘yxati”ning II bo‘lim 1-xatboshisining 8-kichik bandi.

Download 154.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling